• вчера в 22:30
  • 0
  • 0

2027-yildan davlat shifoxonalarida xizmatlarni xususiy sektordan sotib olish boshlanadi

Kecha, 4-noyabr kuni prezident qarori bilan sog‘liqni saqlash tizimini rivojlantirishda xususiy sektor ishtirokini yanada kengaytirish chora-tadbirlari qabul qilindi.

Qarorga ko‘ra, 2027 yil 1 yanvardan sog‘liqni saqlash tizimini tashkil etish va rivojlantirish bo‘yicha uzoq va qisqa muddatli master reja asosida davlat va xususiy sektor ishtirokidagi ba'zi mexanizmlar joriy etiladi.

Xususan, tibbiyot sohasiga xususiy sektorni tegishli hududda tibbiy xizmatlarga bo‘lgan ehtiyoj hamda davlat va nodavlat tibbiyot tashkilotlarining mavjud quvvatlarini inobatga olgan holda jalb qilinadi.

Shuningdek, davlat tomonidan kafolatlangan tibbiy yordamni ko‘rsatish uchun zarur bo‘lgan tibbiyot muassasalarini davlat tasarrufida saqlash hamda ularning quvvatlarini aholining tibbiy xizmatlarga bo‘lgan haqiqiy ehtiyojiga mutanosib ravishda rivojlantirish belgilandi.

Shu bilan birga faoliyatining samaradorligini oshirish, ilg‘or boshqaruv tajribasi va zamonaviy klinik texnologiyalarni joriy etish zarur bo‘lgan alohida tibbiyot muassasalariga professional boshqaruvchilar jalb qilinadi.

2027-yildan davlat tibbiyot muassasalarida tibbiy va yordamchi xizmatlarni xususiy sektordan autsorsing asosida xarid qilishning yangi tartibi joriy etiladi. 

Bunda autsorsing shartnomalari xizmatning xususiyati va autsorser tomonidan kiritiladigan investisiyalar hajmidan kelib chiqib, 5 yilgacha muddatga tuziladi. Alohida hollarda investisiyani qoplash muddatidan kelib chiqib, istisno tariqasida, Sog‘liqni saqlash vazirligi xulosasi asosida autsorsing xizmatlarini ko‘rsatish bo‘yicha shartnomalar 10 yilgacha muddatga tuzilishi mumkin.

Yangi tartib joriy etilgunga qadar muddati tugaydigan autsorsing loyihalarini 2027 yil yakuniga qadar davom ettirishga ruxsat etiladi.


По материалам: uzreport.news

Комментарии

Вам следует зарегистрироваться и войти в свой аккаунт, чтобы иметь возможность комментировать.

    Голосование
    Интересное
    Buxoro tumanida neft-kimyo klasteri kengaymoqda
      03 ноября 2026 в 23:05   Узбекистан
    Арслан Койчиев встретился с молодыми активистами Оша
      вчера в 15:10   Кыргызстан
    Адылбек Касымалиев принял участие в торжественном мероприятии, посвященном 149-летию города Манас
      сегодня в 11:10   Кыргызстан
    Rustami Emomali O‘zbekistonning “Fidokorona xizmatlari uchun” ordeni bilan mukofotlandi
      04 ноября 2026 в 23:05   Узбекистан
    В столичных районах отметили День работников культуры КР
      вчера в 12:10   Кыргызстан
    Ош – США: развитие инвестиционного сотрудничества и укрепление партнёрских связей
      сегодня в 09:40   Кыргызстан
    Адылбек Касымалиев принял участие в открытии завода «Металлстрой»
      вчера в 13:40   Кыргызстан
    2030-yilgacha 16 turdagi muhim metallar boʻyicha ishlab chiqarish hajmini $2,7 mlrddan oshirish belgilanmoqda
      вчера в 23:05   Узбекистан
    "Prezident Olimpiadasi": velotrek bo'yicha o'tgan musobaqaning so’nggi kunida g’olib va sovrindorlar aniqlandi
      сегодня в 17:50   Узбекистан
    В Париже представили приоритетные проекты транспортной инфраструктуры Таджикистана
      03 ноября 2026 в 21:50   Таджикистан