• вчера в 23:05
  • 2
  • 0

Buxoro tumanida neft-kimyo klasteri kengaymoqda

Shavkat Mirziyoyev Buxoro tumanidagi “Tekhnochem” korxonasida bo‘lib, neft-kimyo klasterining faoliyati va istiqbolli rejalari bilan tanishdi.

Tabiiy resurslarni chuqur qayta ishlab, yuqori qo‘shilgan qiymatli mahsulotlar ishlab chiqarish mamlakatimiz sanoat siyosatining muhim yo‘nalishlaridan biridir. Buxoro tumanidagi klaster neft va gaz kondensati, nafta, metanol hamda piroliz distillyatini qayta ishlashga ixtisoslashgan. Ushbu yo‘nalishdagi majmua respublikada yagona hisoblanadi.

Korxona 69 gektar maydonni egallagan. Bu yerda 500 nafarga yaqin kishi mehnat qilmoqda. Majmuada yiliga 100 ming tonna piroliz distillyati, shuningdek, 160 ming tonna nafta va gaz kondensatini qayta ishlash quvvati mavjud. Bu yoqilg‘i bilan bir qatorda kimyo sanoati uchun zarur mahsulotlar olish imkonini beradi. Jumladan, oktanbuster benzin sifatini oshirishda, eritgichlar esa bo‘yoq, lak, yelim va maishiy kimyo mahsulotlari ishlab chiqarishda qo‘llanadi.

2028-yil yakuniga qadar 292 million dollarlik investitsiya loyihasini amalga oshirish rejalashtirilgan. U gaz kondensati va naftani qayta ishlash, aromatik uglevodorodlar hamda eritgichlar ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yishni nazarda tutadi. Natijada yillik qayta ishlash quvvati qo‘shimcha 400 ming tonnaga oshishi va 700 ta yangi ish o‘rni yaratilishi kutilmoqda.

Yangi quvvatlar ishga tushishi bilan texnologlar, muhandislar, kimyogarlar va laboratoriya mutaxassislariga ehtiyoj ham ortadi. Davlatimiz rahbari shu munosabat bilan hududda kasbiy ta’lim va ishlab chiqarish o‘rtasidagi hamkorlikni mustahkamlash zarurligiga e’tibor qaratdi.

Korxona Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston, Turkmaniston, Afg‘oniston va Yevropa Ittifoqi mamlakatlariga yiliga 180 ming tonnaga yaqin neft-kimyo mahsulotlari, avtobenzin va dizel yoqilg‘isini eksport qilishni rejalashtirmoqda.


По материалам: uzreport.news

Комментарии

Вам следует зарегистрироваться и войти в свой аккаунт, чтобы иметь возможность комментировать.

    Голосование
    Интересное
    Экономист спрогнозировал восстановление цен на золото и серебро в ноябре
      02 ноября 2026 в 17:10   Россия
    Prezident Olimpiadasi: gandbol, sport kurashlari va para suzish yoʻnalishlarida g'olib va sovrindorlar ma’lum bo'ldi
      вчера в 17:50   Узбекистан
    Слово «воздухан» могут включить в словари молодежного жаргона
      01 ноября 2026 в 18:15   Россия
    “Intil” markazida xorijda ishlashga maqsadli tayyorgarlik yoʻlga qoʻyilgan
      02 ноября 2026 в 23:05   Узбекистан
    Четыре человека погибли и двое пострадали при украинской атаке в ЛНР
      01 ноября 2026 в 15:40   Россия
    Садыр Жапаров принял участие в открытии стадиона «Талас-Арена»
      вчера в 11:10   Кыргызстан
    В Оше начался отопительный сезон
      вчера в 15:10   Кыргызстан
    «Страны Африки для России всегда были только друзьями»
      02 ноября 2026 в 11:05   Россия
    Крыша дома повреждена после атаки БПЛА в Ростовской области
      01 ноября 2026 в 11:40   Россия
    В Душанбе состоялся первый форум врачей под названием «Первая линия: форум врачей общей практики»
      01 ноября 2026 в 22:50   Таджикистан