• вчера в 22:30
  • 0
  • 0

1-o'ringa 50 mln so'm: “Zakovat-Gambit” shaxmat turniri g‘oliblari taqdirlandi

Prezident administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva “Zakovat-Gambit” shaxmat turniri g‘oliblarini taqdirlash marosimida ishtirok etdi. Bu haqda u o‘z Telegram-kanalida yozib qoldirdi.

“Mamlakatning intellektual salohiyati nafaqat iste’dod egalarining yutuqlari, balki har bir insonning qobiliyatini yuzaga chiqarish uchun yaratiladigan imkoniyatlar ko‘lami bilan ham belgilanadi.

Kecha beshinchi bor o‘tkazilgan "Zakovat-Gambit" shaxmat turniri g‘oliblarini taqdirladik. Bu yilgi musobaqa 6 mingga yaqin ishtirokchini birlashtirdi, bu o‘tgan yilgi ko‘rsatkichdan ikki barobar ko‘p. Ularning 633 nafarini ayol va qizlarimiz tashkil etdi. Bu raqamlar zamirida intellektual bellashuvlarga bo‘lgan qiziqishning ortib borayotgani, ilmga intilish hamda yoshlarimizning o‘z kuchi va imkoniyatlariga bo‘lgan ishonchi mujassam.

Ushbu turnirda  1-o'ringa 50, 2-o'ringa 30, 3-o'ringa 20 million so'mdan berildi.

O‘zbekiston xalqaro shaxmat maydonida havas qilgulik natijalarga erishib kelmoqda. Biroq bundan-da muhim yana bir omil bor: yurtimizda har bir insonning aqliy salohiyatini to‘liq namoyon etishga xizmat qiluvchi muhit shakllanmoqda.

"Zakovat" loyihasining alohida ahamiyatini men aynan shunda ko‘raman. Bu loyiha iqtidorli yoshlarni kashf etibgina qolmay, balki tafakkur madaniyatini, mustaqil fikrlash va oqilona qarorlar qabul qilish ko‘nikmasini shakllantirishga ham xizmat qilmoqda. Zero, yurtimiz kelajagi yosh avlodning nafaqat qanchalik bilimli ekaniga, balki shu bilimlarni qay darajada qo‘llay olishi va fikr doirasiga ham bog‘liq”, – dedi Saida Mirziyoyeva.


По материалам: uzreport.news

Комментарии

Вам следует зарегистрироваться и войти в свой аккаунт, чтобы иметь возможность комментировать.

    Голосование
    Интересное
    В ОП РФ оценили возможность пропуска работы из-за болезни домашних животных
      вчера в 14:15   Россия
    В Кыргызстан с официальным визитом прибыл Премьер-министр Казахстана
      29 октября 2026 в 16:55   Кыргызстан
    Житель Приморья умер из-за длительного курения вейпов
      вчера в 11:40   Россия
    Силы ПВО уничтожили еще четыре летевших на Москву беспилотника ВСУ
      вчера в 19:40   Россия
    При ликвидации последствий атак ВСУ на Самарскую область погибли два человека
      30 октября 2026 в 15:40   Россия
    Финал в Лозанне: что будет с допуском хоккейных сборных после решения CAS
      вчера в 09:35   Россия
    Минимум 11 человек пострадали в ДТП с маршруткой и грузовиком на Ставрополье
      29 октября 2026 в 19:40   Россия
    В результате атаки БПЛА в Белгородской области погиб человек и еще один ранен
      30 октября 2026 в 19:40   Россия
    Состоялась научная конференция на тему «Познание Мавлоно в современном мире»
      29 октября 2026 в 13:55   Таджикистан
    В «Зените» славы: главные интриги 13-го тура РПЛ
      30 октября 2026 в 09:35   Россия