• 26 ноября 2023 в 23:05
  • 0
  • 0

Sog‘liqni saqlash vaziri Amrillo Inoyatov Onkologiya markazining yangi binosi qurilishi bilan tanishdi

Sog‘liqni saqlash vaziri Amrillo Inoyatov poytaxtda barpo etilayotgan Respublika ixtisoslashtirilgan onkologiya va radiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazining yangi birlashgan kompleksi bilan tanishdi.

Sakkiz qavatli mazkur binodan 650 o‘rinli stasionar, 100 o‘rinli kunduzgi stasionar, 500 qatnovga mo‘ljallangan poliklinika, ilmiy tadqiqotlar uchun vivariy hamda zamonaviy talablarga javob beradigan referens laboratoriya joy oladi.

O‘z navbatida, bu yerda 17 ta yangi klinik bo‘lim faoliyati yo‘lga qo‘yiladi. Jumladan, mamlakatimizda ilk bor suyak ko‘migi transplantatsiyasi bo‘limi ochiladi. 45 ta reanimasion va 16 ta operasion xonalar eng so‘nggi texnologiyalar bilan ta’minlanadi.

Intensiv terapiya bo‘limi yurak monitorlari, o‘pkani sun’iy shamollatish moslamalari va boshqa zamonaviy asbob uskunalar  bilan ta’minlangan konsolli funksional yotoqlarga ega bo‘ladi.

Kompleksda bemorlarni nur bilan davolash uchun 9 ta bunkerdan iborat radioterapiya arsenali bilan birga yadroviy tibbiyot bo‘limi ishga tushiriladi. Birida to‘xtalishlar yuz bergan taqdirda ham boshqalari uning o‘rnini to‘ldirishi natijasida davo muolajasi uzluksizligi ta’minlanadi.

Shuningdek, markazda Pozitron emission tomografiya apparati siklotron bilan uskunalar kompleksi o‘rnatiladi. Ushbu noyob uskunalar kompleksi yordamida o‘sma kasalliklarni erta bosqichlarda va boshqa diagnostik usul bilan aniqlanmagan metastazlarni dastlabki darajasida aniqlash imkoni bo‘ladi.

Amrillo Inoyatov markaz binosi bilan tanishish jarayonida loyihachilar, pudratchilar va arxitektorlar bilan muloqot qildi. Shuningdek, muassasa uchun zarur jihozlarni qisqa muddatda olib kelib o‘rnatish yuzasidan mas’ullarga tegishli topshiriqlar berdi.


По материалам: uzreport.news

Комментарии

Вам следует зарегистрироваться и войти в свой аккаунт, чтобы иметь возможность комментировать.

    Голосование
    Интересное
    Время перемен: к чему приведут кадровые перестановки в правительстве России
      сегодня в 11:05   Россия
    Улан Маматканов провел заседание Государственной межведомственной комиссии по учебно-методическим комплексам для школ
      сегодня в 07:10   Кыргызстан
    Завтра откроется 14-я Международная выставка «Книга Душанбе»
      сегодня в 13:55   Таджикистан
    В Бишкеке прошло мероприятие «Манастын урпактары — көчмөн оюндарында»
      вчера в 20:10   Кыргызстан
    Состоялось первое заседание Совета по демографической политике при Кабмине КР
      вчера в 20:55   Кыргызстан
    В Бохтаре состоится Международный инвестиционный форум «Хатлон Инвест – 2026»
      вчера в 21:50   Таджикистан
    Садыр Жапаров принял Председателя Милли Меджлиса Азербайджана
      сегодня в 13:40   Кыргызстан
    Марлен Маматалиев принял около 100 граждан
      вчера в 21:40   Кыргызстан
    Oʻzbekiston Prezidenti BMT Bosh Assambleyasining 81-sessiyasi Raisini qabul qildi
      вчера в 23:05   Узбекистан
    Har besh daqiqada zo‘ravonlik oqibatida bir bola hayotdan ko‘z yummoqda — JSST
      вчера в 22:30   Узбекистан