• 21 декабря 2023 в 23:05
  • 0
  • 0

Prilepinning O‘zbekiston haqidagi bayonotlari Moskvaning pozitsiyasi emas - Rossiya TIV

Rossiya Tashqi ishlar vazirligi rasmiy vakili Mariya Zaxarova yozuvchi va publitsist Zaxar Prilepinning mehnat migratsiyasi haqidagi bayonoti bilan bog‘liq savolga javob berdi.

Prilepin mehnat migratsiyasi va u bilan bog‘liq bo‘lgan boshqa davlatlar hududlari Rossiya tomonidan «anneksiya qilinishi» kerakligini aytib, O‘zbekistonni alohida tilga olgandi.

Mariya Zaxarova Rossiya va O‘zbekistonni har tomonlama strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlari bog‘lab turganini qayd etib, Prilepinning so‘zlari uning shaxsiy fikri ekanini ta’kidladi.

«Rossiya va O‘zbekistonni har tomonlama strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlari bog‘lab turadi. Va bu shunchaki yoqimli ibora emas. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevning joriy yil oktyabr oyida mamlakatimizga rasmiy tashrifining ta’sirchan yakunlari, keng ko‘lamli yig‘ilishda hukm surgan iliq muhit buning yaqqol dalilidir.

Biz 2004 yil 16 iyundagi strategik sheriklik va 2005 yil 14 noyabrdagi ittifoqchilik munosabatlari to‘g‘risidagi shartnomalarga to‘liq sodiqmiz. O‘zaro majburiyatlarga ko‘ra, hamkorligimiz suverenitetni hurmat qilish, aralashmaslik, do‘stlik va yaxshi qo‘shnichilik asosida qurilgan. Ikki davlat vakillarining MDH, ShHT va BMT tashkilotlaridagi faoliyati teng huquqlilik va manfaatlarni o‘zaro hisobga olish ruhi bilan sug‘orilgan. O‘zbekistonning ijtimoiy-iqtisodiy o‘sishi manfaatlaridan kelib chiqib, Moskva Toshkentga Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqida kuzatuvchi davlat maqomini hisobga olgan holda yordam bermoqda.

Agar kengroq qaraydigan bo‘lsak, Rossiya va Markaziy Osiyoni umumiy tarix, yaqin insoniy va madaniy va bevosita iqtisodiy aloqalar birlashtiradi. Davlatlarimiz va hukumatlarimiz rahbarlari vazirliklar, idoralar, viloyatlar rahbarlari oldiga imtiyozli aloqalarni izchil rivojlantirish vazifasini qo‘ydi. Bundan tashqari, biz har doim bir-birimizga yordam berishga tayyormiz, bu bir necha bor amallar bilan tasdiqlangan (koronavirus pandemiyasi davrida o‘zaro yordam, jabrlangan hududlar aholisiga insonparvarlik yordami, Markaziy Osiyoda g‘ayritabiiy sovuqlik davrida Rossiya energiya resurslarini yetkazib berish, va boshqalar.).

Migratsiya mavzusiga kelsak, Rossiya tomoni chet eldan, birinchi navbatda, do‘st mamlakatlardan mehnat resurslarini jalb qilish ham Rossiya, ham bunday xizmatlarni eksport qiluvchi davlatlar manfaatlariga javob berishini bir necha bor ta’kidlagan. Ayni paytda migratsiya sohasidagi hamkorlikni yanada tartibli va o‘zaro manfaatli bo‘lishini ta’minlash maqsadida bir qator tartibga solish, tashkiliy, axborot va boshqa chora-tadbirlar bo‘yicha ishlar olib borilmoqda.

Yuqoridagilar bilan bog‘liq holda, Zaxar Prilepinning bayonotlari uning shaxsiy fikri bo‘lib, Rossiya Federatsiyasining rasmiy pozitsiyasiga hatto yaqinlashmaydi», dedi Zaxarova.


По материалам: uzreport.news

Комментарии

Вам следует зарегистрироваться и войти в свой аккаунт, чтобы иметь возможность комментировать.

    Голосование
    Интересное
    В Таджикистане стартовала республиканская акция «Гулгардони»
      01 марта 2026 в 13:55   Таджикистан
    Адилет Орозбеков провел оперативное совещание
      02 марта 2026 в 17:40   Кыргызстан
    Алмасбек Абытов встретился с руководителем департамента Программного офиса ОБСЕ в Бишкеке
      вчера в 17:40   Кыргызстан
    Эрлист Акунбеков представил доклад о развитии реального сектора в 2025 году в ходе республиканского совещания
      01 марта 2026 в 10:25   Кыргызстан
    В Бишкеке проходит открытый чемпионат города по художественной гимнастике
      02 марта 2026 в 11:10   Кыргызстан
    В Раштском районе проанализировали факторы угрозы коррупции, экстремизма и терроризма
      01 марта 2026 в 22:50   Таджикистан
    Навруз в Таджикистане наступит 20 марта
      вчера в 13:55   Таджикистан
    Футбольный клуб «ОшМУ» сыграл с командой «Кыргыз-Алтын» в ничью
      вчера в 11:10   Кыргызстан
    В Бишкеке прошел городской этап Школьной лиги по волейболу
      02 марта 2026 в 15:10   Кыргызстан
    Эльвира Сурабалдиева, Гульнара Акимбаева, Жылдыз Садырбаева встретились с сотрудниками Группы Всемирного банка
      вчера в 08:55   Кыргызстан