O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning topshiriqlariga asosan, joriy yilning 11-12-mart kunlari O‘zbekiston hukumati delegatsiyasi Tojikistonga tashrif buyuradi.
Tashrif dasturidan ikki mamlakat Bosh vazirlari ishtirokida O‘zbekiston Respublikasi va Tojikiston Respublikasi o‘rtasida savdo-iqtisodiy hamkorlik bo‘yicha Hukumatlararo komissiyaning navbatdagi yig‘ilishini o‘tkazish hamda boshqa tadbirlar o‘rin olgan.