• 09 декабря 2023 в 23:05
  • 0
  • 0

O'zbekiston elchisi Amirsaid A'zamxo'jayev Polsha prezidentiga ishonch yorliqlarini topshirdi

O'zbekiston elchisi Amirsaid A'zamxo'jayev Polsha Prezidenti Anjey Dudaga ishonch yorliqlarini topshirdi, deb xabar bermoqda "Dunyo" AA.

Taqdimot marosimi Polsha rahbarining rasmiy qarorgohi – Varshavadagi Belvedere saroyida bo'lib o'tdi.

Rasmiy marosim doirasida bo'lib o'tgan suhbat chog'ida Polsha Prezidenti barcha sohalarda ikki tomonlama hamkorlikni yana-da faollashtirishdan manfaatdor ekanini tasdiqladi. Polsha O'zbekistonni Markaziy Osiyodagi muhim va istiqbolli hamkor deb bilishi, mamlakatimizda amalga oshirilayotgan keng ko'lamli va ortga qaytmas islohotlarni har tomonlama qo'llab-quvvatlashi alohida ta'kidlandi.

Qayd etilishicha, so'nggi yillarda O'zbekiston-Polsha hamkorligi, ayniqsa, savdo-iqtisodiy sohada sezilarli darajada mustahkamlanib, yangi va amaliy mazmun bilan to'ldirildi. Polsha ishbilarmon doiralarida o'zbekistonlik hamkorlar bilan aloqalarni rivojlantirishga qiziqish ortib bormoqda. Ikki tomonlama munosabatlarni sifat jihatidan yangi bosqichga ko'tarish uchun salmoqli salohiyat mavjud.

Polshalik general Vladislav Andersning askarlari dafn etilgan maskanni obod etish bo'yicha ko'rilayotgan chora-tadbirlar uchun O'zbekiston hukumatiga minnatdorlik bildirildi.

Ishonch yorliqlari topshirilgandan so'ng elchi Varshavadagi Noma'lum askar qabriga gulchambar qo'yish marosimi qatnashdi.

Eslatib o'tamiz, O'zbekistonning yangi elchisi 7-noyabr kuni Varshavaga tashrif buyurgan edi. Bunga qadar u TIVning Konsullik-huquqiy departamentida, O'zbekistonning Istanbuldagi bosh konsuli lavozimlarida ishlagan. Diplomat 38 yoshda. Toshkent davlat jahon tillari universitetini tamomlagan.


По материалам: uzreport.news

Комментарии

Вам следует зарегистрироваться и войти в свой аккаунт, чтобы иметь возможность комментировать.

    Голосование
    Интересное
    Время перемен: к чему приведут кадровые перестановки в правительстве России
      сегодня в 11:05   Россия
    Улан Маматканов провел заседание Государственной межведомственной комиссии по учебно-методическим комплексам для школ
      сегодня в 07:10   Кыргызстан
    Завтра откроется 14-я Международная выставка «Книга Душанбе»
      сегодня в 13:55   Таджикистан
    В Бишкеке прошло мероприятие «Манастын урпактары — көчмөн оюндарында»
      вчера в 20:10   Кыргызстан
    Состоялось первое заседание Совета по демографической политике при Кабмине КР
      вчера в 20:55   Кыргызстан
    В Бохтаре состоится Международный инвестиционный форум «Хатлон Инвест – 2026»
      вчера в 21:50   Таджикистан
    Садыр Жапаров принял Председателя Милли Меджлиса Азербайджана
      сегодня в 13:40   Кыргызстан
    Марлен Маматалиев принял около 100 граждан
      вчера в 21:40   Кыргызстан
    Oʻzbekiston Prezidenti BMT Bosh Assambleyasining 81-sessiyasi Raisini qabul qildi
      вчера в 23:05   Узбекистан
    Har besh daqiqada zo‘ravonlik oqibatida bir bola hayotdan ko‘z yummoqda — JSST
      вчера в 22:30   Узбекистан