• 03 июня 2024 в 23:05
  • 5
  • 0

CASCA+ transport yo‘lagi faoliyatini muvofiqlashtiruvchi konsorsium tuzilishi mumkin

28-29-may kunlari Toshkent shahrida O‘zbekiston, Qirg‘iziston, Turkmaniston, Ozarbayjon, Gruziya va Turkiya davlatlarining temir yo‘l administratsiya vakillari o‘rtasida CASCA+ transport yo‘lagi bo‘ylab yuk tashishlarni rivojlantirish bo‘yicha uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuv davomida tomonlar CASCA+ transport yo‘lagini rivojlantirish maqsadida amalga oshirilishi kerak bo'lgan loyihalarni muhokama qildilar. Muhokama davomida CASCA+ transport yo‘lagi faoliyatini muvofiqlashtirish uchun “O’zbekiston temir yo’llari» AJ tomonidan konsorsium tashkil etish taklifi ilgari surildi, unda barcha temir yo'l ma'muriyatlari vakillari ushbu tashabbusni qo'llab-quvvatladilar va ushbu transportyo‘lagini yanada faol rivojlantirish maqsadida konsorsium uchun mutaxassislarni taqdim etishga tayyor ekanliklarini ko'rsatdilar.

Bundan tashqari CASCA+ yo‘lak bo‘yicha tez buziluvchi (meva-sabzavotlar) yuklarni refrijerator konteynerlarda tashishni yo‘lga qo‘yish va yo‘lakning sayt faoliyatini rivojlantirgan holda yo‘lak bo‘ylab harakatlanuvchi vagon va konteynerlar joylashuvini (dislokatsiyasini) onlayn tarzda kuzatish tizimini yo‘lga qo‘yish taklif etildi. Ta'kidlash joizki, 2024-yil 18-mart kuni O'zbekiston qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat sanoati sohalarida investitsiyalar jalb qilish hamda eksportni ko‘paytirish masalalari bo'yicha videoselektor yig'ilishida Prezident Shavkat Mirziyoyev tez buziluvchi mahsulotlarni tashish uchun refrejirator konteynerlarni rivojlantirish muhimligiga e'tibor qaratdi.

Ma'lumot o'rnida, CASCA+ – Ozarbayjon, Gruziya, Qirg‘iziston, Turkmaniston, Turkiya va O‘zbekiston davlat temir yo‘llari qo‘shma tashabbusi. Hozirda bu yoʻnalish uchta mintaqani qamrab oladi – Markaziy Osiyo (Qirgʻiziston, Oʻzbekiston, Turkmaniston), Janubiy Kavkaz (Ozarbayjon va Gruziya), Anadolu (Turkiya). Yo'nalish nomidagi "+" belgisi marshrut bo'ylab tashishdan manfaatdor bo'lgan yangi potentsial ishtirokchilarni qabul qilishga tayyorligini bildiradi, uning yakuniy maqsadi Janubi-Sharqiy Osiyo davlatlari, xususan, Xitoyni Yevropa bilan bog'lashdir.


По материалам: uzreport.news

Комментарии

Вам следует зарегистрироваться и войти в свой аккаунт, чтобы иметь возможность комментировать.

    Голосование
    Интересное
    Время перемен: к чему приведут кадровые перестановки в правительстве России
      сегодня в 11:05   Россия
    Улан Маматканов провел заседание Государственной межведомственной комиссии по учебно-методическим комплексам для школ
      сегодня в 07:10   Кыргызстан
    Завтра откроется 14-я Международная выставка «Книга Душанбе»
      сегодня в 13:55   Таджикистан
    В Бишкеке прошло мероприятие «Манастын урпактары — көчмөн оюндарында»
      вчера в 20:10   Кыргызстан
    Состоялось первое заседание Совета по демографической политике при Кабмине КР
      вчера в 20:55   Кыргызстан
    В Бохтаре состоится Международный инвестиционный форум «Хатлон Инвест – 2026»
      вчера в 21:50   Таджикистан
    Садыр Жапаров принял Председателя Милли Меджлиса Азербайджана
      сегодня в 13:40   Кыргызстан
    Марлен Маматалиев принял около 100 граждан
      вчера в 21:40   Кыргызстан
    Oʻzbekiston Prezidenti BMT Bosh Assambleyasining 81-sessiyasi Raisini qabul qildi
      вчера в 23:05   Узбекистан
    Har besh daqiqada zo‘ravonlik oqibatida bir bola hayotdan ko‘z yummoqda — JSST
      вчера в 22:30   Узбекистан