• 22 января 2024 в 22:10
  • 0
  • 0

Xitoyda O‘zbekiston to‘qimachilik sanoati vakolatxonasi ochiladi

“O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasi axborot xizmatining ma’lum qilishicha, Urumchida O‘zbekiston to‘qimachilik delegatsiyasi uchun maxsus Xitoy paxta va to‘qimachilik savdo markazining tanishuv taqdimoti o‘tkazildi. 

Taqdimot doirasida “O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasining vakolatxonasi ochilishi bo‘yicha kelishuvga erishildi.

Bugungi kunda Xitoy Xalq Respublikasi hududida O‘zbekiston to‘qimachilik korxonalarining 3 ta savdo uyi faoliyat ko‘rsatmoqda. Uchrashuvda qayd etilganidek, Xitoy O‘zbekistonga to‘qimachilik mahsulotlarini import va eksport qiluvchi davlatlardan biridir. O‘zbekiston Xitoyga ip-kalava eksport  qiladi. Xitoy asosan sun’iy va sintetik tolalar import qiladi.  

Uchrashuvda xitoylik tadbirkorlar ta’lim sohasidagi hamkorlikni kengaytirish, jumladan, soha mutaxassislarini tayyorlash, to‘qimachilik sohasida innovasion loyihalarni amalga oshirish, O‘zbekiston mahsulotlarining doimiy ko‘rgazmasini tashkil etishni nazarda tutuvchi 2024-2025 yillarga mo‘ljallangan "Yo‘l xaritasi"ni amalga oshirishga tayyor ekanliklarini bildirdi.  

–Joriy yilning mart oyida Xitoyning Urumchidagi Paxta va to‘qimachilik savdo markazida “O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasining doimiy vakolatxonasini (ofis maydonlarini bepul taqdim etgan holda) ochish to‘g‘risidagi bitimning imzolanishi muhim voqealardan biri bo‘ldi. Urumchidagi Paxta va to‘qimachilik savdo markazi paxta ekishdan to to‘qimachilik mahsulotlari ishlab chiqarishgacha bo‘lgan tadqiqotlarni o‘tkazish, sanoatni raqamlashtirish, paxta va to‘qimachilik mahsulotlarini sertifikatlash tizimini yaratish va butun sanoat zanjirining birligini ta’minlash uchun tashkil etilgan. Yana bir bor ishonch hosil qilishimiz mumkinki, O‘zbekiston to‘qimachilik sanoati mamlakat iqtisodiyotining drayveri va boshqa davlatlar bilan ham yaqin hamkorlik o‘rnatish mexanizmi hisoblanadi, – dedi uyushma axborot xizmati rahbari Shahzoda Qo‘chqorova.  


По материалам: uzreport.news

Комментарии

Вам следует зарегистрироваться и войти в свой аккаунт, чтобы иметь возможность комментировать.

    Голосование
    Интересное
    Торжественное мероприятие в честь Дня таджикской печати состоялось в Бохтаре
      вчера в 13:55   Таджикистан
    Генеральный консул Литвы посетила ОшГУ
      13 марта 2026 в 17:40   Кыргызстан
    В Нью-Йорке обсуждены вопросы расширения возможностей женщин в Таджикистане
      вчера в 22:50   Таджикистан
    O‘zbekiston va Afg‘oniston o‘rtasida imtiyozli savdo to‘g‘risidagi bitim tasdiqlandi
      13 марта 2026 в 23:05   Узбекистан
    В Бишкеке прошло совещание по координации научно-образовательного сотрудничества в области исследований горных регионов
      вчера в 11:10   Кыргызстан
    Адылбек Касымалиев ознакомился с состоянием ряда медицинских учреждений в Иссык-Кульской области
      13 марта 2026 в 15:10   Кыргызстан
    Студенты сельскохозяйственного колледжа ОшГУ встретились с работодателями
      13 марта 2026 в 16:55   Кыргызстан
    В Бишкеке прошло масштабное мероприятие, посвященное Международному женскому дню
      13 марта 2026 в 16:10   Кыргызстан
    Министр транспорта Таджикистана провел переговоры с представителями Всемирного банка
      13 марта 2026 в 21:50   Таджикистан
    В Таджикистане повышают климатическую устойчивость уязвимых сообществ
      вчера в 21:50   Таджикистан