• 08 мая 2025 в 22:10
  • 0
  • 0

O‘zbekistonning energetika, transport va boshqa infratuzilmalarni rivojlantirishga yillik ehtiyoji YIMning qariyb 10 foizini tashkil etadi

Bosh vazir o‘rinbosari Jamshid Xodjayev Milandagi Osiyo taraqqiyot bankining (OTB) 58 yillik yig‘ilishida so‘zlagan nutqida O‘zbekistonda iqtisodiy islohotlar, davlat-xususiy sheriklik loyihalari va kambag‘allikni kamaytirish rejalari haqida gapirdi, deb xabar beradi “Gazeta.uz”.

Uning so‘zlariga ko‘ra, murakkab geosiyosiy vaziyat, global iqtisodiy beqarorlik, oziq-ovqat va energiya taqchilligi, qashshoqlik va ekologik muammolar dunyoda tobora dolzarb muammolarga aylanib bormoqda.

U so‘nggi yillarda O‘zbekistonda “keng ko‘lamli islohotlar va tub o‘zgarishlar jadallik bilan amalga oshirilayotganini” ta’kidladi. “Biz iqtisodiyotni liberallashtirish, xalqimiz turmush darajasi va farovonligini oshirishga alohida e’tibor qaratmoqdamiz”, — dedi u.

Xodjayev so‘nggi yillarda mamlakat YIMi ikki baravar ko‘payib, birinchi marta 100 milliard dollardan oshganini ma’lum qildi. Uning ta’kidlashicha, to‘rt yil ichida kambag‘allik darajasi 23 foizdan 11 foizga tushirilgan. “Bu yil biz uni 9 foizgacha, 2030-yilga kelib esa ikki barobar kamaytirishni rejalashtirmoqdamiz”, — dedi u.

Xo‘jayev qashshoqlikka qarshi kurashish chora-tadbirlari haqida gapirar ekan: “Biz sifatli ta’lim va sog‘liqni saqlash xizmatlaridan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirish, uy-joy sharoitlarini yaxshilash, ijtimoiy himoyani kuchaytirish va borish qiyin bo‘lgan hududlarda infratuzilma tashkil etishni o‘z ichiga olgan ko‘p qirrali kambag‘allikni qisqartirish dasturini amalga oshirmoqdamiz”, — dedi.

U O‘zbekistondagi mahalla tizimini “har bir muhtoj oilani kambag‘allikdan olib chiqa oladigan noyob retsept” deb atagan Nobel mukofoti sovrindori Abhijit Banerjining so‘zlaridan iqtibos keltirdi. “Biz ilg‘or xalqaro tajriba asosida mahalla darajasida kambag‘allikni kamaytirish bo‘yicha o‘z modelimizni ishlab chiqdik”, — deya qo‘shimcha qildi bosh vazir o‘rinbosari.

Xodjayev ta’lim sohasidagi yutuqlarga ham to‘xtalib o‘tdi: “Oxirgi sakkiz yilda maktabgacha ta’lim bilan qamrab olish 27 foizdan 74 foizgacha oshdi. Yangi maktablar qurilishi evaziga qo‘shimcha 800 ming o‘rin yaratildi. Universitetlar soni 200 dan oshdi, oliy ta’lim bilan qamrab olish darajasi 9 foizdan 38 foizga o‘sdi”.

Uning ta’kidlashicha, O‘zbekistonning energetika, suv, transport, IT va boshqa infratuzilmalarni rivojlantirishga bo‘lgan yillik ehtiyoji YIMning qariyb 10 foizini ($11,5 mlrd) tashkil etadi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, xalqaro moliya institutlari, jumladan, Osiyo taraqqiyot banki bilan hamkorlik doirasida O‘zbekiston xususiy sektorni ushbu sohalarga faol jalb qilmoqda.


По материалам: uzreport.news

Комментарии

Вам следует зарегистрироваться и войти в свой аккаунт, чтобы иметь возможность комментировать.

    Голосование
    Интересное
    В Конституционном суде КР прошёл День открытых дверей для студентов Юридической академии Генеральной прокуратуры КР
      06 апреля 2026 в 11:10   Кыргызстан
    В «Ата-Бейите» почтили память героев Апрельской революции
      07 апреля 2026 в 16:10   Кыргызстан
    В Национальной академии наук Таджикистана началась Декада представления таджикской академической науки
      07 апреля 2026 в 22:50   Таджикистан
    Эдиль Байсалов встретился с заместителем председателя Комитета по внешним связям Санкт-Петербурга
      вчера в 17:40   Кыргызстан
    «СОГД – ПЕРЕКРЁСТОК ВЕЛИКОГО ШЁЛКОВОГО ПУТИ». В Согде пройдёт третий международный форум
      вчера в 13:55   Таджикистан
    Марлен Маматалиев принял Постоянного координатора ООН в Кыргызстане
      06 апреля 2026 в 09:40   Кыргызстан
    Арслан Койчиев почтил память погибших в апрельских событиях
      07 апреля 2026 в 13:40   Кыргызстан
    Канатбек Чыныбаев принял делегацию Международной организации гражданской обороны
      07 апреля 2026 в 15:10   Кыргызстан
    Сотрудникам Таможенной службы Таджикистана разъяснена необходимость усиления антикоррупционных мер
      07 апреля 2026 в 21:50   Таджикистан
    В Душанбе обсудили подготовку к первому Саммиту глав государств «Центральная Азия – Республика Корея»
      07 апреля 2026 в 22:20   Таджикистан