• вчера в 22:10
  • 0
  • 0

O‘zbekistonda aholi jon boshiga YaIM hajmi 44,7 mln so‘mga yetdi: Navoiy va Toshkent shahri yetakchi

O‘zbekistonda 2026-yilning yanvar–sentabr oylarida aholi jon boshiga to‘g‘ri keladigan yalpi ichki mahsulot (YaIM) hajmi 44 692,3 ming so‘mni tashkil etdi. Statistika agentligining dastlabki ma’lumotlariga ko‘ra, ushbu ko‘rsatkich 2025-yilning mos davriga nisbatan real hisobda 6,4 foizga o‘sgan.

Hududlar kesimida aholi jon boshiga to‘g‘ri keladigan yalpi hududiy mahsulot (YaHM) hajmi bo‘yicha keskin tafovutlar kuzatilmoqda. Yirik sanoat markazi bo‘lgan Navoiy viloyati hamda poytaxt Toshkent shahri respublika bo‘yicha o‘rtacha ko‘rsatkichdan bir necha barobar oldinda bormoqda.

Hududlar kesimida aholi jon boshiga YaHM ko‘rsatkichlari:

Navoiy viloyati — 140 042,6 ming so‘mToshkent shahri — 114 477,7 ming so‘mToshkent viloyati — 47 612,7 ming so‘mBuxoro viloyati — 36 707,9 ming so‘mSirdaryo viloyati — 34 166,9 ming so‘mJizzax viloyati — 33 869,6 ming so‘mSamarqand viloyati — 26 816,2 ming so‘mXorazm viloyati — 26 760,4 ming so‘mAndijon viloyati — 26 293,4 ming so‘mQashqadaryo viloyati — 24 874,0 ming so‘mFarg‘ona viloyati — 24 472,3 ming so‘mNamangan viloyati — 24 349,9 ming so‘mQoraqalpog‘iston Respublikasi — 23 547,4 ming so‘mSurxondaryo viloyati — 21 609,1 ming so‘m

Raqamlar tahlili shuni ko‘rsatadiki, respublika bo‘yicha faqatgina uchtagina hudud — Navoiy viloyati, Toshkent shahri va Toshkent viloyati mamlakatdagi o‘rtacha ko‘rsatkichdan yuqori natija qayd etgan. Eng quyi ko‘rsatkich esa Surxondaryo viloyatida qayd etilgan bo‘lib, u yetakchi Navoiy viloyatidan qariyb 6,5 baravarga ortda qolmoqda.


По материалам: uzreport.news

Комментарии

Вам следует зарегистрироваться и войти в свой аккаунт, чтобы иметь возможность комментировать.

    Голосование
    Интересное
    Buxoro tumanida neft-kimyo klasteri kengaymoqda
      03 ноября 2026 в 23:05   Узбекистан
    Экономист спрогнозировал восстановление цен на золото и серебро в ноябре
      02 ноября 2026 в 17:10   Россия
    Prezident Olimpiadasi: gandbol, sport kurashlari va para suzish yoʻnalishlarida g'olib va sovrindorlar ma’lum bo'ldi
      03 ноября 2026 в 17:50   Узбекистан
    Rustami Emomali O‘zbekistonning “Fidokorona xizmatlari uchun” ordeni bilan mukofotlandi
      вчера в 23:05   Узбекистан
    “Intil” markazida xorijda ishlashga maqsadli tayyorgarlik yoʻlga qoʻyilgan
      02 ноября 2026 в 23:05   Узбекистан
    Садыр Жапаров принял участие в открытии стадиона «Талас-Арена»
      03 ноября 2026 в 11:10   Кыргызстан
    В Оше начался отопительный сезон
      03 ноября 2026 в 15:10   Кыргызстан
    В Архангельской области при поджоге дома погибли пять человек
      02 ноября 2026 в 15:40   Россия
    В столичных районах отметили День работников культуры КР
      сегодня в 12:10   Кыргызстан
    В рамках «Книжного каравана» в библиотеки Хатлонской области поступили тысячи новых книг
      03 ноября 2026 в 13:55   Таджикистан