2026-yilning yanvar–sentabr oylarida O‘zbekistonda ko‘rsatilgan yashash va ovqatlanish xizmatlarining umumiy hajmi 179,7 trillion so‘mni tashkil etdi. Bu haqda Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumot berdi.
Qayd etilishicha, mazkur ko‘rsatkich 2025-yilning mos davri bilan solishtirilganda 11,3 foizga o‘sgan.
Ushbu sohadagi xizmatlar hajmi bo‘yicha Toshkent shahri, Samarqand va Namangan viloyatlari yetakchilik qilmoqda. Hududlar kesimidagi ko‘rsatkichlar quyidagicha taqsimlangan:
Toshkent shahri — 32,6 trln so‘m;Samarqand viloyati — 21,6 trln so‘m;Namangan viloyati — 17,8 trln so‘m;Farg‘ona viloyati — 17,6 trln so‘m;Qashqadaryo viloyati — 15,4 trln so‘m;Toshkent viloyati — 13,3 trln so‘m;Andijon viloyati — 11,6 trln so‘m;Xorazm viloyati — 10,2 trln so‘m;Qoraqalpog‘iston Respublikasi— 9,1 trln so‘m;
Buxoro viloyati — 8,9 trln so‘m;Surxondaryo viloyati — 7,5 trln so‘m;Navoiy viloyati — 5,5 trln so‘m;Jizzax viloyati — 5,3 trln so‘m;Sirdaryo viloyati — 3,4 trln so‘m.Statistik ma’lumotlarga ko‘ra, yashash va ovqatlanish xizmatlari bozorining qariyb 40 foizi poytaxt hamda Samarqand va Namangan viloyatlari hissasiga to‘g‘ri kelmoqda.









