• 27 августа 2024 в 22:10
  • 0
  • 0

Kreativ iqtisodiyot bo‘yicha IV Butunjahon anjumani Toshkentda o‘tkaziladi

Prezident "Kreativ iqtisodiyot bo‘yicha IV Butunjahon anjumanining Toshkent shahrida o‘tkazilishiga tayyorgarlik ko‘rishga oid chora-tadbirlar to‘g‘risida"gi qarorni imzoladi.

Zamonaviy ijodiy va innovatsion yutuqlarni hayotga tatbiq etish maqsadida 2024 yil 2-4 oktyabr kunlari Toshkentda Kreativ iqtisodiyot bo‘yicha IV Jahon konferensiyasi o‘tkaziladi.

Hujjat bilan tadbirni tayyorlash va o‘tkazish bo‘yicha Tashkiliy qo‘mita tarkibi tasdiqlandi. Unga Jahon konferensiyasini yuqori darajada o‘tkazishga har tomonlama tayyorgarlik ko‘rish, vazirlik va idoralar tomonidan chora-tadbirlarni o‘z vaqtida va sifatli amalga oshirilishini hamda ularning bu boradagi faoliyatini muvofiqlashtirishni taʼminlash topshirildi.

Madaniyat va sanʼatni rivojlantirish jamg‘armasi Jahon konferensiyasi doirasida quyidagilarni taʼminlaydi:

- Zamonaviy sanʼat markazi qoshidagi art-rezidensiyalarni tantanali foydalanishga topshirish;

- Fransiya madaniyat markazi, Milliy restavratsiya markazi loyihalari, shuningdek “Abulqosim” madrasasi va “Oxunguzar” madaniy meros obyektida kreativ iqtisodiyot klasterlarini yaratish loyihalari taqdimotlarini tashkil etish.

Shuningdek, Jahon konferensiyasi yakunlari bo‘yicha "Kreativ iqtisodiyot to‘g‘risida"gi qonun loyihasi takomillashtiriladi, O‘zbekiston Respublikasida 2030 yilgacha kreativ iqtisodiyotni rivojlantirish konsepsiyasi va uni 2025-2026 yillarda amalga oshirish bo‘yicha Davlat dasturi loyihalari ishlab chiqiladi.

Jahon konferensiyasi dasturiga muvofiq Jamg‘arma kreativ iqtisodiyot sohasidagi vazirlar uchrashuvini, shuningdek dunyo va mamlakatimiz kreativ iqtisodiyot sohasi vakillari salohiyatini namoyish etuvchi maxsus ko‘rgazmani o‘tkazadi.

Hujjat bilan Toshkentda Kreativ iqtisodiyot bo‘yicha IV Jahon konferensiyasini o‘tkazishga tayyorgarlik ko‘rish bo‘yicha chora-tadbirlar rejasi tasdiqlandi.

Madaniyat va sanʼatni rivojlantirish jamg‘armasi Tashkiliy qo‘mitaning ishchi organi, “InterForum” DUK esa Jahon konferensiyasini tashkil etish va o‘tkazishga tayyorgarlik ko‘rish bo‘yicha bosh operator etib belgilandi.


По материалам: uzreport.news

Комментарии

Вам следует зарегистрироваться и войти в свой аккаунт, чтобы иметь возможность комментировать.

    Голосование
    Интересное
    Время перемен: к чему приведут кадровые перестановки в правительстве России
      сегодня в 11:05   Россия
    Улан Маматканов провел заседание Государственной межведомственной комиссии по учебно-методическим комплексам для школ
      сегодня в 07:10   Кыргызстан
    Завтра откроется 14-я Международная выставка «Книга Душанбе»
      сегодня в 13:55   Таджикистан
    В Бишкеке прошло мероприятие «Манастын урпактары — көчмөн оюндарында»
      вчера в 20:10   Кыргызстан
    Состоялось первое заседание Совета по демографической политике при Кабмине КР
      вчера в 20:55   Кыргызстан
    В Бохтаре состоится Международный инвестиционный форум «Хатлон Инвест – 2026»
      вчера в 21:50   Таджикистан
    Садыр Жапаров принял Председателя Милли Меджлиса Азербайджана
      сегодня в 13:40   Кыргызстан
    Марлен Маматалиев принял около 100 граждан
      вчера в 21:40   Кыргызстан
    Oʻzbekiston Prezidenti BMT Bosh Assambleyasining 81-sessiyasi Raisini qabul qildi
      вчера в 23:05   Узбекистан
    Har besh daqiqada zo‘ravonlik oqibatida bir bola hayotdan ko‘z yummoqda — JSST
      вчера в 22:30   Узбекистан