• 17 марта 2024 в 22:10
  • 0
  • 0

Italiyalik hamkorlar bilan O'zbekistonda naslchilik agroklasteri ishga tushirildi

O'zbekiston elchisi Abat Fayzullayev Italiya chorvadorlari uyushmasi (AIA) bosh direktori Mauro Donda va Italiya milliy quyonchilik uyushmasi (ANCI) prezidenti Serdjo Pompa bilan uchrashuv o'tkazdi. 

Muloqot chog'ida ushbu uyushmalar mamlakatimiz idoralari va tadbirkorlari bilan bir necha yildan beri olib borayotgan hamkorligi natijasida erishilgan katta yutuq – Toshkent viloyati Quyi Chirchiq tumanida barpo etilgan dunyodagi eng yirik va eng zamonaviy quyonchilik majmuasi faoliyati muhokama qilindi.

Italiya texnologiyalari asosida barpo etilgan quyonchilik majmuasi yiliga 2 million quyon yetishtirish, 2 ming tonna quyon go'shti, quyonlar uchun 80 ming tonna to'liq ratsionli omuxta yem ishlab chiqarish quvvatiga ega. Jarayonlar chiqindisiz uslubda tashkil etilgan bo'lib, bu yerda 36 ming tonna tabiiy o'g'it ham ishlab chiqariladi, quyon terilari esa qayta ishlashga yo'naltiriladi.

Mamlakatda yaratilgan korxonaning asosiy afzalligi – bu yerga Italiya tomonidan eng yuqori sifatli genetik material va naslli quyon urg'ochilari yetkazib berilgan. Natijada korxona naslli quyonlar avlodini ko'paytirish imkoniyatiga ega bo'lgan.

Italiya milliy quyonchilik uyushmasi mutaxassislari korxona bilan yaqindan hamkorlik qilib, barcha jarayonlarni onlayn tarzda kuzatib boradi. Buning natijasida hayvonlar sog'ligi, berilayotgan yem tarkibi, qo'llanishi lozim bo'lgan dorivorlar bo'yicha tavsiyalar beriladi.

Hozirda korxona quyon go'shtini qo'shni bozorlarga muvaffaqiyatli eksport qilmoqda va yangi salohiyatli importchi mamlakatlar bilan muzokara olib bormoqda.


По материалам: uzreport.news

Комментарии

Вам следует зарегистрироваться и войти в свой аккаунт, чтобы иметь возможность комментировать.

    Голосование
    Интересное
    Время перемен: к чему приведут кадровые перестановки в правительстве России
      сегодня в 11:05   Россия
    Улан Маматканов провел заседание Государственной межведомственной комиссии по учебно-методическим комплексам для школ
      сегодня в 07:10   Кыргызстан
    Завтра откроется 14-я Международная выставка «Книга Душанбе»
      сегодня в 13:55   Таджикистан
    В Бишкеке прошло мероприятие «Манастын урпактары — көчмөн оюндарында»
      вчера в 20:10   Кыргызстан
    Состоялось первое заседание Совета по демографической политике при Кабмине КР
      вчера в 20:55   Кыргызстан
    В Бохтаре состоится Международный инвестиционный форум «Хатлон Инвест – 2026»
      вчера в 21:50   Таджикистан
    Садыр Жапаров принял Председателя Милли Меджлиса Азербайджана
      сегодня в 13:40   Кыргызстан
    Марлен Маматалиев принял около 100 граждан
      вчера в 21:40   Кыргызстан
    Oʻzbekiston Prezidenti BMT Bosh Assambleyasining 81-sessiyasi Raisini qabul qildi
      вчера в 23:05   Узбекистан
    Har besh daqiqada zo‘ravonlik oqibatida bir bola hayotdan ko‘z yummoqda — JSST
      вчера в 22:30   Узбекистан