• 06 августа 2025 в 22:10
  • 0
  • 0

Belarus O‘zbekistonda AES qurilishida ishtirok etmoqchi

5-6-avgust kunlari "O‘zatom" agentligi delegatsiyasi Belarus Respublikasida bo‘lib turibdi. Tashrif O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning topshirig‘iga binoan Belarusning AES qurilishi va ekspluatatsiya bo‘yicha muvaffaqiyatli tajribasini har tomonlama o‘rganish, O‘zbekistondagi birinchi AES qurilishini amalga oshirishda undan foydalanish maqsadida tashkil etildi.

5-avgust kuni "O‘zatom" delegatsiyasi Belarus Respublikasi energetika vaziri Denis Moroz bilan uchrashuv o‘tkazdi. Tomonlar atom energetikasi sohasidagi hamkorlikning asosiy yo‘nalishlarini, jumladan, yirik atom elektr stansiyasini energiya tizimiga integratsiya qilish, jismoniy himoya tizimini yaratish bo'yicha tajriba almashish, ishlatilgan yadro yoqilg‘isi va radioaktiv chiqindilar bilan ishlash, loyihalarni amalga oshirishda jamoatchilik bilan hamkorlik qilish masalalarini muhokama qildilar.

O‘zbekiston tomoni mamlakatda atom elektr stansiyasini qurish loyihasini amalga oshirish bosqichi haqida ma’lumot berdi.

Belarus tomoni AES qurilishi va ekspluatatsiyasini ta’minlash uchun infratuzilma qanday tashkil etilgani haqida ma’lumot berdi, shuningdek, vaxta shaharchasini tashkil etish, AES xodimlari uchun shahar qurish va ishlab chiqarishni mahalliylashtirish tajribasi bilan o‘rtoqlashdi.

“Biz Belarusni Sizning amaliyotingizdan maksimal darajada foydalangan holda asosiy hamkorlardan biri sifatida ko‘rib chiqmoqdamiz. Biz uchun milliy sanoat korxonalari bilan ishlab chiqarish kooperatsiyasi, yetkazib berishni mahalliylashtirish, Belarus kompaniyalarining loyihadagi ishtiroki muvaffaqiyatli yo‘lga qo‘yilgan mamlakat tajribasi muhim. Bunday tajriba O‘zbekistonda atom energetikasini qo‘llab-quvvatlashning sanoat bazasini shakllantirishda katta ahamiyatga ega”, — "O‘zatom" agentligi direktori Azim Axmedxadjayev.

"Mamlakatimiz 2023-yilda quvvati 2400 megavatt bo‘lgan birinchi Belarus atom elektr stansiyasini ishga tushirdi. Mamlakatda iste’mol qilinadigan barcha elektr energiyasining qariyb 40 foizi ushbu AESda ishlab chiqariladi. Belarus AES qurilishida muvaffaqiyatli o‘zini ko‘rsatgan kompaniyalar "Rosatom" davlat korporatsiyasining xorijdagi qo‘shma loyihalarida faol ishtirok etmoqda. Ishonchim komilki, belaruslar O‘zbekistonda AES qurilishda ishtirok etishlari mumkin", —  dedi Belarus Respublikasi energetika vaziri Denis Moroz.

Agentlik delegatsiyasi "Belenergo" Davlat ishlab chiqarish birlashmasi dispetcherlik xizmatining markaziy boshqaruv shiti faoliyati bilan tanishdi. Markaziy boshqaruv shiti Belorusning butun hududida elektr energiyasini ishlab chiqarish, uzatish va taqsimlash rejimlarini tunu kun markazlashtirilgan boshqaruvini ta’minlaydi, respublikaning barcha elektr stansiyalari, podstansiyalari va energiya tizimlarining harakatlarini muvofiqlashtiradi.

Tashrif dasturida Belarus AESga tashrif buyurish, BelAES o‘quv-mashg‘ulot markazi bilan tanishish, hamkorlikning dolzarb masalalari yuzasidan ikki tomonlama muzokaralar va amaliy maslahatlashuvlar o‘tkazish ko‘zda tutilgan.


По материалам: uzreport.news

Комментарии

Вам следует зарегистрироваться и войти в свой аккаунт, чтобы иметь возможность комментировать.

    Голосование
    Интересное
    В Бишкеке прошло мероприятие «Манастын урпактары — көчмөн оюндарында»
      вчера в 20:10   Кыргызстан
    Состоялось первое заседание Совета по демографической политике при Кабмине КР
      вчера в 20:55   Кыргызстан
    В Бохтаре состоится Международный инвестиционный форум «Хатлон Инвест – 2026»
      вчера в 21:50   Таджикистан
    Марлен Маматалиев принял около 100 граждан
      вчера в 21:40   Кыргызстан
    O'zbekistonda paxta dalalaridan 3,4 million tonna hosil yig‘ib olindi
      вчера в 22:10   Узбекистан
    Har besh daqiqada zo‘ravonlik oqibatida bir bola hayotdan ko‘z yummoqda — JSST
      вчера в 22:30   Узбекистан
    В Хороге обсудили доступ к экологическому правосудию
      вчера в 22:50   Таджикистан
    Oʻzbekiston Prezidenti BMT Bosh Assambleyasining 81-sessiyasi Raisini qabul qildi
      вчера в 23:05   Узбекистан
    Таджикистан и Государство Кувейт обсудили состояние и перспективы двустороннего сотрудничества в правовой сфере
      вчера в 22:00   Таджикистан
    Председательство Таджикистана в ШОС укрепило экономику и авторитет этой влиятельной организации
      вчера в 22:20   Таджикистан