• 04 ноября 2023 в 22:10
  • 0
  • 0

2024-yilda Rossiyadan Qozogʻiston orqali Oʻzbekistonga neft yetkazib berish hajmi 1 mln tonnaga yetkazilishi rejalashtirilmoqda

2024-yilda Rossiyadan Qozogʻiston hududi orqali Oʻzbekistonga neft xomashyosi yetkazib berish hajmini 1 million tonnaga yetkazish rejalashtirilmoqda. Bu 2023-yilning 3-noyabr kuni Moskvada imzolangan uch tomonlama hujjatda qayd etilgan.

Hujjatni Rossiya Energetika vazirining birinchi oʻrinbosari P.Sorokin, Oʻzbekiston Energetika vazirining birinchi oʻrinbosari A.Axmedxadjayev va Qozogʻiston energetika vaziri oʻrinbosari E.Akkenjenov imzolagan.

Hujjatda qayd etilishicha, kelishuvni amalga oshirishda “Omsk – Pavlodar – Chimkent – Shagir” neft quvuri orqali yuk tashishni taʼminlashga alohida eʼtibor qaratilmoqda.

Shartnomada tomonlarning uzoq muddatli asosda 2024-yilda va keyingi yillarda neft xomashyosi yetkazib berishni 1 million tonnaga yetkazish boʻyicha tijorat shartnomalarini amalga oshirishda har tomonlama yordam koʻrsatishi belgilab qoʻyilgan. Jumladan, neft xomashyosining oʻzaro maqbul narxini kelishish hamda uning hajmini oshirishni hisobga olgan holda, tomonlarning mamlakatlari hududi boʻylab neft xomashyosini toʻliq hajmda toʻsqinliksiz tashish taʼminlanadi.

Ushbu shartnoma quyidagi maqsadlarni amalga oshirishga imkon beradi:

- joriy yilning 6-7-oktyabr kunlari boʻlib oʻtgan muhokamalar chogʻida uch Davlat rahbarlari oʻrtasida erishilgan kelishuvni tezkorlik bilan amalga oshirish;

- transport xarajatlarini hisobga olgan holda, temir yoʻl orqali yetkazib berishga nisbatan arzonroq boʻlgan neft quvurlari taʼminotini rivojlantirish;

- Oʻzbekiston Respublikasi hamda chegaradosh hududlarning neft quvurlari infratuzilmasini rivojlantirishga koʻmaklashish;

- neft xomashyosi bilan barqaror taʼminlash va mamlakatimizda yuqori sifatli benzin hamda boshqa yoqilgʻi-moylash materiallarini ishlab chiqarish hajmining oshishi munosabati bilan Oʻzbekistondagi neftni qayta ishlashga ixtisoslashtirilgan ikkita zavodning ishlab chiqarish samaradorligini yuksaltirish;

- benzin ishlab chiqarishning koʻpayishi Oʻzbekistonda yoqilgʻi quyish shoxobchalari tarmogʻini ham kengaytirish imkonini yaratadi. Bu esa xizmat koʻrsatish hamda yoqilgʻi sotish geografiyasi boʻyicha aholiga sifat jihatidan yangi xizmatlar koʻrsatish imkonini beradi;

- Rossiya neft xomashyosining barqaror taʼminoti mavjud neftni qayta ishlash quvvatlarini modernizatsiya qilishga, shuningdek, yangilarini qurish va yuqori qoʻshimcha qiymatga ega eksport mahsulotlari ishlab chiqarishni kengaytirishga yordam beradi.


По материалам: uzreport.news

Комментарии

Вам следует зарегистрироваться и войти в свой аккаунт, чтобы иметь возможность комментировать.

    Голосование
    Интересное
    Время перемен: к чему приведут кадровые перестановки в правительстве России
      сегодня в 11:05   Россия
    Улан Маматканов провел заседание Государственной межведомственной комиссии по учебно-методическим комплексам для школ
      сегодня в 07:10   Кыргызстан
    Завтра откроется 14-я Международная выставка «Книга Душанбе»
      сегодня в 13:55   Таджикистан
    В Бишкеке прошло мероприятие «Манастын урпактары — көчмөн оюндарында»
      вчера в 20:10   Кыргызстан
    Состоялось первое заседание Совета по демографической политике при Кабмине КР
      вчера в 20:55   Кыргызстан
    В Бохтаре состоится Международный инвестиционный форум «Хатлон Инвест – 2026»
      вчера в 21:50   Таджикистан
    Садыр Жапаров принял Председателя Милли Меджлиса Азербайджана
      сегодня в 13:40   Кыргызстан
    Марлен Маматалиев принял около 100 граждан
      вчера в 21:40   Кыргызстан
    Oʻzbekiston Prezidenti BMT Bosh Assambleyasining 81-sessiyasi Raisini qabul qildi
      вчера в 23:05   Узбекистан
    Har besh daqiqada zo‘ravonlik oqibatida bir bola hayotdan ko‘z yummoqda — JSST
      вчера в 22:30   Узбекистан