• 13 января 2025 в 22:40
  • 0
  • 0

Turkiyada "Alisher Navoiy kulliyoti" nomli ko‘rgazma ochildi

Alisher Navoiy vafotining 524 yilligi munosabati bilan Turkiya Qo‘lyozmalari Jamiyati (TYEK) tomonidan tashkil etilgan «Alisher Navoiy kulliyoti» ko‘rgazmasi Sulaymoniya qo‘lyozma kutubxonasida ochildi.

TYEK rahbari, doktor Joshkun Yilmaz ko‘rgazmaning ochilishida so‘zga chiqib, muassasa tomonidan qo‘lyozmalar bo‘yicha turli dasturlar tashkil qilinganligi va bu dasturlar bilan tarixiy davomiylikni saqlashga harakat qilganliklarini taʼkidladi.

«Biz chuqur siyosiy va ilmiy anʼanaga ega bo‘lgan xalqmiz. Navoiy, shubhasiz, anʼanamizning eng muhim namoyandalaridan biridir. Bu qadrli insonni xotirlash maqsadida ushbu ko‘rgazmani tashkil qildik. Ustozimiz Gunay Kutga bu yo‘ldagi mehnatlari va bugungi ko‘rgazmadagi ishtiroklari uchun minnatdorchilik bildiraman», – deydi u.

2024 yilgi Madaniyat va sanʼat bo‘yicha Prezidentlik oliy mukofoti bilan taqdirlangan faxriy professor va «Alisher Navoiy kulliyoti»ning noshiri Gunay Kut o‘zining «Alisher Navoiy: shoir, mutasavvif va davlat arbobi» nomli nutqida Navoiyning chag‘atoy turk tilining asoschisi va ko‘plab asarlar yaratgan ilm arbobi ekanligiga to‘xtaldi.

 «U jami 29 ta asar yaratgan. Bular orasida devonlar, hamsa, masnaviy, tazkira, til va tarixga oid asarlar, diniy, axloqiy, biografik asarlar va hujjatlar bor. Bu maʼnoda Navoiy juda samarali olimdir. Uning asarlari haqida gap ketganda, unga eng yaqin ismlar kotib Chalabiy va Lamidir» – deydi Olima Navoiyning ko‘p qirrali shoir va yozuvchi ekanligini taʼkidlab.

Gunay Kut Navoiyning ko‘plab asarlari turkiy tilda nashr etilganiga eʼtibor qaratdi.

«Doktorlik dissertatsiyamni Alisher Navoiyning ijodi bo‘yicha qildim va unda ustozlarim Ali Nihat Tarlan va Reshit Rahmeti Aratning hissalari juda katta. Ustozim Tarlan adabiyotshunos, Reshit Rahmeti esa tilshunos edi. Ulardan juda qimmatli maʼlumotlar o‘rgandim. 1965 yilda dissertatsiyani tamomladim va shu bilan Navoiy bo‘yicha tadqiqotlar boshlandi. Bugungi kunga qadar bir qancha qimmatli va original asarlar nashr etildi. Shulardan biri Turkiya Qo‘lyozmalar Jamiyati rahbariyatining iltimosi bilan «Alisher Navoiy kulliyoti» bo‘yicha qilgan ishim bo‘ldi. Ushbu asarni Navoiy vafotining 523 yilligiga nashr etilishi va bu dasturning tashkil etilishi meni juda quvontirdi», – deya qo‘shimcha qildi u.

Navoiy ijodiyoti bilan shakllangan adabiyot tarixiga oydinlik kiritish, uning til va adabiyotga betakror taʼsirini anglash maqsadida tayyorlangan ko‘rgazmani 17 yanvarga qadar tomosha qilish mumkin.


По материалам: uzreport.news

Комментарии

Вам следует зарегистрироваться и войти в свой аккаунт, чтобы иметь возможность комментировать.

    Голосование
    Интересное
    Ректор ОшГУ принял участие на юбилейном мероприятии японского агентства JICA
      05 февраля 2026 в 11:10   Кыргызстан
    Садыр Жапаров встретился со своей первой учительницей Кенешкан Шаменовой
      вчера в 11:10   Кыргызстан
    Жээнбек Кулубаев провел телефонный разговор с главой МИД Союза Коморских Островов
      06 февраля 2026 в 09:40   Кыргызстан
    Бакыт Торобаев ознакомился с рядом инфраструктурных объектов Иссык‑Кульской области
      06 февраля 2026 в 19:10   Кыргызстан
    Oʻzbekiston Prezidentiga oliy davlat mukofoti – “Nishoni Pokiston” ordeni topshirildi
      06 февраля 2026 в 23:05   Узбекистан
    Состоялись первые консульские консультации между МИД Кыргызстана и Египта
      05 февраля 2026 в 09:40   Кыргызстан
    Эльдар Сулайманов встретился с Специальным представителем ЕС по ЦА
      06 февраля 2026 в 17:40   Кыргызстан
    Oʻzbekiston Prezidenti va Pokiston Bosh vaziri strategik sheriklikni yanada rivojlantirishning ustuvor yoʻnalishlarini belgilab berdilar
      05 февраля 2026 в 23:05   Узбекистан
    Адылбек Касымалиев принял участие в заседании коллегии Государственной налоговой службы
      06 февраля 2026 в 16:55   Кыргызстан
    Таджикистан и ОАЭ подписали Меморандум о сотрудничестве в сфере государственного управления
      05 февраля 2026 в 22:50   Таджикистан