• 18 июня 2025 в 22:40
  • 0
  • 0

O'zbekiston va Misr kinoijodkorlari hamkorligida Sulton Sayfiddin Qutuz haqida badiiy va hujjatli film yaratilishi mumkin

Misr davlat kutubxonasida "Sulton Sayfiddin Qutuz tarixidagi yangi sahifalar" mavzusida ilmiy-amaliy anjuman bo'lib o'tdi.

Anjumanni ochib bergan O'zbekiston elchisi Mansurbek Qilichev, Misr davlat kutubxonasi fondi direktori, elchi Rizo al-Toifiy hamda o'zbek va ingliz tillarida yozilgan "Sayfiddin Qutuz – co'nggi zarba" nomli kitob muallifi Bekzod Abdirimov bu kabi tadbirlarning ikki birodar davlat o'rtasidagi munosabatlarni mustahkamlashdagi muhim ahamiyatini ta'kidladilar.

O'zbekiston va Misrdan tarixchilar, yozuvchilar hamda san'at sohasi vakillari qatnashgan tadbirda ikki davlat xalqlari o'rtasidagi asrlar davomidagi tarixiy aloqalarga muhokama qilindi.

Ishtirokchilar bugun nafaqat umumiy tariximizning shonli sahifalarini yana bir bor yodga olish, balki ikki xalqni bog'lab turgan madaniy va tamadduniy rishtalarni chuqurroq anglash muhimligini ta'kidladilar.

Islom dunyosi tarixidagi qahramon siymolardan biri – Qutuz Xorazmshohlar davlati hududida, ko'hna Xorazmda tug'ilgan. Yoshligida ona vatanini tark etgan Sulton Sayfiddin Misr sultoni darajasiga yetib, 1260-yilda Ayn Jolut jangida mo'g'ullarga qarshi hal qiluvchi g'alabaga erishdi hamda Misr va islom olamining katta qismini muqarrar qirg'indan saqlab qoldi.

Ta'kidlanganidek, Amudaryo bo'ylaridan Nil vodiysi yuragigacha bo'lgan bu g'ayrioddiy hayot yo'li Markaziy Osiyo va Yaqin Sharq o'rtasidagi chuqur tarixiy bog'liqlikni yaqqol namoyon etadi.

Anjumanda O'zbekiston va Misr o'rtasidagi munosabatlar birgina tarixiy shaxs bilan cheklanib qolmasligi, asrlar davomida olimlar, savdogarlar, talabalar va davlat arboblari ikki mintaqa o'rtasida qatnab, bilim va qadriyatlar almashinuvi orqali har ikki sivilizatsiyani boyitgani qayd etildi. Ahmad Al-Farg'oniy, Misrda hukm surgan Tuluniylar, Ixshidiylar, Xorazmshohlar va Mamluklar davridan tortib, Al-Azhar va Naqshbandiya an'analarigacha — ikki xalqni o'zaro hurmat va umumiy taqdir uyg'unligi bog'lab turgan.

Bugungi kunda xalqaro maydonda faollashib borayotgan O'zbekiston ushbu tadbir orqali madaniy diplomatiya va tarixiy xotiralarni jonlantirish orqali ko'priklar barpo etish borasidagi intilishini yana bir bor tasdiqladi.

Tadbir ishtirokchilari Sulton Qutuz kabi tarixiy shaxslarni eslash bugungi globallashgan dunyoda o'zaro tushunishni kuchaytirishga xizmat qilishini aytib o'tdilar.

Shuningdek, so'zga chiqqanlar O'zbekiston va Misr kinoijodkorlari tomonidan Sulton Sayfiddin Qutuz haqida badiiy va hujjatli filmlar yaratish bo'yicha tashabbusni ilgari surdilar. Bunday loyihalar ikki xalq o'rtasidagi ming yillik do'stlikni bugungi va kelajak avlodlarga yetkazishda muhim vosita bo'ladi.

Tadbir yakunida anjuman ishtirokchilari uchun O'zbekiston davlat filarmoniyasi raqqosalari tomonidan o'zbek milliy raqslari namoyish etildi.


По материалам: uzreport.news

Комментарии

Вам следует зарегистрироваться и войти в свой аккаунт, чтобы иметь возможность комментировать.

    Голосование
    Интересное
    Садыр Жапаров встретился со своей первой учительницей Кенешкан Шаменовой
      вчера в 11:10   Кыргызстан
    Жээнбек Кулубаев провел телефонный разговор с главой МИД Союза Коморских Островов
      06 февраля 2026 в 09:40   Кыргызстан
    Гулмуроди Саъдулло назначен главным судьей на матч 1/8 финала второй Лиги чемпионов АФК-2025/26
      вчера в 23:00   Таджикистан
    Бакыт Торобаев ознакомился с рядом инфраструктурных объектов Иссык‑Кульской области
      06 февраля 2026 в 19:10   Кыргызстан
    Oʻzbekiston Prezidentiga oliy davlat mukofoti – “Nishoni Pokiston” ordeni topshirildi
      06 февраля 2026 в 23:05   Узбекистан
    Эльдар Сулайманов встретился с Специальным представителем ЕС по ЦА
      06 февраля 2026 в 17:40   Кыргызстан
    Oʻzbekiston Prezidenti va Pokiston Bosh vaziri strategik sheriklikni yanada rivojlantirishning ustuvor yoʻnalishlarini belgilab berdilar
      05 февраля 2026 в 23:05   Узбекистан
    Адылбек Касымалиев принял участие в заседании коллегии Государственной налоговой службы
      06 февраля 2026 в 16:55   Кыргызстан
    Таджикистан и ОАЭ подписали Меморандум о сотрудничестве в сфере государственного управления
      05 февраля 2026 в 22:50   Таджикистан
    Паралимпийцы Таджикистана, завоевав 22 медали, заняли второе место среди 25 стран на Кубке мира по армрестлингу и пара-армрестлингу
      05 февраля 2026 в 23:00   Таджикистан