• 20 июня 2025 в 22:40
  • 0
  • 0

«Biz O‘zbekistonning yangi madaniy merosini yaratmoqchimiz» — Gayane Umerova

O‘zbekiston Madaniyat va sanʼatni rivojlantirish jamg‘armasi raisi Gayane Umerova 10 iyun kuni bo‘lib o‘tgan Toshkent xalqaro investitsiya forumi sessiyasida tashkilotning asosiy madaniy maqsadlari va yoshlarning kelajakni shakllantirishdagi roli haqida gapirdi.

Umerovaning so‘zlariga ko‘ra, bugungi kunda O‘zbekiston madaniyat sohasidagi xalqaro hamkorlar bilan aloqalarni mustahkamlash ustida faol ishlamoqda, biroq bunda o‘z madaniy kodini saqlash va rivojlantirishga alohida eʼtibor qaratilmoqda.

Jamg‘arma rahbari O‘zbekiston boy tarix va merosga ega bo‘lgani holda, kelajakka ham sarmoya kiritish zarurligini taʼkidladi. Bu, ayniqsa, mamlakat demografiyasi nuqtai nazaridan muhimdir: aholining qariyb 65 foizi 30 yoshgacha bo‘lgan yoshlardir.

«Biz ular haqida, kelajak haqida o‘ylashimiz, shuningdek, masalan, hozir Buxoro biyennalesi badiiy direktori Diana Kempbell bilan birgalikda qilayotganimiz kabi global tashabbuslarni yaratishimiz kerak. U nafaqat qadimiy tarixi, balki mintaqaning yangi madaniy markazi sifatida shaharga katta eʼtiborni jalb qiladi», — dedi u «Kreativ iqtisodiyot: madaniy merosdan investitsion kelajakka» sessiyasida.

Umerova, shuningdek, davlat ko‘magida amalga oshirilayotgan Zamonaviy sanʼat markazining o‘ziga xosligini taʼkidladi.

«Madaniyat hech qachon mamlakat rahbariyati tomonidan bunday qo‘llab-quvvatlanmagan, unga bunchalik katta sarmoya kiritilmagan. Biz nimaga erishgan bo‘lsak, barchasiga prezidentimizning kuchli qo‘llab-quvvatlashi tufayli erishdik. U haqiqatan ham tashkilotimizga ishonadi, lekin undan ham ko‘proq — u yoshlarga, salohiyatni rivojlantirishga va madaniyatga sarmoya kiritish kelajakka sarmoya ekanligiga ishonadi», — dedi u.

Nutqda madaniy turizmga alohida eʼtibor qaratildi. Umerovaning so‘zlariga ko‘ra, hozir mamlakatga ko‘plab sayyohlar keladi, lekin ko‘pincha faqat bir marta, yaʼni “galochka” uchun.

«Sayyohlar qaytishni xohlashlari uchun madaniy infratuzilmani yaratish, jahon madaniy muhiti bilan integratsiyalashish va muntazam ravishda o‘tkaziladigan tadbirlar — biyennalelar, festivallar va shunga o‘xshashlarni o‘tkazish kerak. Biz madaniyat va merosga ilhom manbai — sanʼat sohasini rivojlantirish va xalqaro hamjamiyatning O‘zbekistonga bo‘lgan barqaror qiziqishini qo‘llab-quvvatlashga yordam beradigan harakatlantiruvchi kuch sifatida qaraymiz», — dedi u.

Madaniyat va sanʼatni rivojlantirish jamg‘armasi ham yoshlar va ularning salohiyatini rivojlantirishga eʼtibor qaratmoqda.

«Yosh avlod tarbiyasi bilan shug‘ullanish juda muhim. Yoshlarni global jarayonlarni tushunadigan, ayni paytda o‘z madaniy o‘ziga xosligini hurmat qiladigan qilib tarbiyalash muhim. Biz yoshlarda o‘z yurti, xalqi bilan faxrlanish tuyg‘usi bo‘lishini istaymiz. Faqat shu yo‘l bilan oldinga siljish va ularni kelajakka yo‘lboshchimizga aylantirish mumkin», — dedi tashkilot rahbari.

Jamg‘armaning vazifalari haqida gapirar ekan, Umerova ularning maqsadi shunchaki tadbirlar o‘tkazish emas, balki yangi madaniy infratuzilmani yaratish ekanligini taʼkidladi:

«Hozirda taniqli yaponiyalik arxitektor Tadao Ando bilan birgalikda barpo etayotgan yangi Davlat sanʼat muzeyi, Zamonaviy sanʼat markazi va boshqa platformalar kabi loyihalarni amalga oshirmoqdamiz. Maqsadimiz ham shu — yangi infratuzilmani meros qilib qoldirish. Ko‘p asrlar oldin Registon qurilganidek, biz ham mamlakatning yangi madaniy merosini yaratmoqchimiz».


По материалам: uzreport.news

Комментарии

Вам следует зарегистрироваться и войти в свой аккаунт, чтобы иметь возможность комментировать.

    Голосование
    Интересное
    Бакыт Торобаев провел встречу с зарубежными инвесторами
      вчера в 12:55   Кыргызстан
    В честь 35-летия независимости Таджикистана состоится Республиканский конкурс сценаристов «Дети и подростки – будущее нации»
      24 мая 2026 в 13:55   Таджикистан
    Объявлен расширенный состав национальной сборной Таджикистана по футболу на июньские товарищеские матчи
      24 мая 2026 в 23:00   Таджикистан
    В Нарынской области состоялся форум, посвященный возрождению села Мин-Куш
      25 мая 2026 в 17:40   Кыргызстан
    Форум аналитических центров государств ШОС прошёл в Бишкеке
      вчера в 22:50   Таджикистан
    Ilmiy kadrlar tayyorlash va ilm-fan sohasini yanada rivojlantirish masalalari muhokama qilindi
      25 мая 2026 в 23:05   Узбекистан
    Адылбек Касымалиев дал старт пилотному проекту спутникового интернета
      25 мая 2026 в 15:10   Кыргызстан
    Студенты Кыргызстана представили свои взгляды на права и ответственность гражданина в конкурсе ко Дню Конституции
      вчера в 11:10   Кыргызстан
    Садыр Жапаров и Эмомали Рахмон обсудили актуальные вопросы кыргызско-таджикского взаимодействия
      24 мая 2026 в 13:40   Кыргызстан
    В Таджикистане более 52 тысяч дехканских хозяйств, которыми руководят женщины
      24 мая 2026 в 21:50   Таджикистан