• 09 июня 2024 в 22:30
  • 0
  • 0

Kuniga qancha suv ichish kerak?

Organizmdagi suv balansini meʼyorda ushlab turish uchun qancha suv ichgan maʼqul ekani haqidagi bahslarga duch kelib turamiz. Ayrim mutaxassislar 2 litr, boshqalari 3 litr, uchinchi guruh vakillari esa ehtiyojga qarab suv ichish kerak deb taʼkidlaydi.

Aslida esa har kuni ichish uchun maqbul suv miqdori bo‘yicha umumiy bitta ilmiy xulosaga kelinmagan. Bu markaziy asab tizimi va bir nechta boshqa organlarni o‘z ichiga olgan organizmdagi suvni tartibga solish tizimining murakkabligi, shuningdek, tananing individual xususiyatlari bilan izohlanadi.

Insonning suvga bo‘lgan ehtiyoji turli omillarga bog‘liq, ularning asosiylari:

- jismoniy faollik darajasi;- atrof muhitdagi iqlim sharoitlari (harorat, namlik darajasi);- umumiy salomatlik holati;- vazn;- maxsus davrlar (homiladorlik va emizish).

Odamlar organizmi turlicha bo‘lgani sababli, vazn, terlash, natriy yo‘qotish va iqlim sharoitlariga qarab ehtiyojlarini aniqlab olgani foydali.

Diyetologlarning fikriga ko‘ra, o‘rtacha havo harorati va o‘rtacha jismoniy faollik sharoitida kuniga ichish kerak bo‘lgan toza suv miqdorini bir kilogramm vaznga 20-40 ml formulasi bo‘yicha hisoblash mumkin.

Shunday qilib, katta yoshli erkaklar kuniga o‘rtacha 1,75 dan 2 litrgacha, ayollar 1,4 dan 1,6 litrgacha, bolalar (yoshiga qarab) 1 dan 1,6 litrgacha, o‘smirlar esa bir oz ko‘proq suv ichishlari kerak.

Bu oziq-ovqat tarkibidagi suvdan tashqari o‘rtacha hisob bo‘lib, u har bir kishi uchun alohida tanlanishi kerak. Ekstremal sharoitlarda tanada kuniga taxminan 8000 mlgacha suv yo‘qotilishi mumkin va uni kerakli miqdorda suyuqlik va elektrolitlar (natriy, magniy, kaliy, kalsiy) bilan to‘ldirib olish zarur.

Baʼzida tanadagi suvning umumiy miqdori kamayishi yoki ko‘proq suyuqlik yo‘qotilishi natijasida suvsizlanish yuzaga keladi.

Uning umumiy belgilari:

- og‘iz bo‘shlig‘i, til va ko‘zlarning quruqligi;- chanqash hissi;- bosh og‘rig‘i;- charchoq.

Ko‘p odamlar kuniga yetarli miqdorda suv ichish borasida qiynalishadi. Bu borada kun bo‘yi to‘g‘ri suv ichishni odat qilib olishga va gidratsiya darajasini muvozanatda ushlab turishga yordam beruvchi ayrim maslahatlarni keltiramiz:

- ertalab uyg‘onganingizdan so‘ng darhol och qoringa bir stakan iliq suv (250 ml) iching;- ichadigan suvingizni quyidagicha taqsimlab oling: tushlikdan oldin 500 ml, tushdan keyin kechki ovqatgacha 500 ml, ovqatlanayotganda bir stakan;- har safar chanqaganingizda, hatto, kechasi ham (lekin yotishdan kamida 30 daqiqa oldin) suv iching.

Diyetologlar ovqatdan oldin, ovqat paytida va undan keyin muntazam tozalangan suv ichishni tavsiya qiladi. Suvni ovqatdan 15-30 daqiqa oldin ichish ideal variantdir. Bu yeyilgan ovqatning to‘liq hazm bo‘lishini taʼminlaydi.


По материалам: uzreport.news

Комментарии

Вам следует зарегистрироваться и войти в свой аккаунт, чтобы иметь возможность комментировать.

    Голосование
    Интересное
    Генеральный консул Литвы посетила ОшГУ
      вчера в 17:40   Кыргызстан
    O‘zbekiston va Afg‘oniston o‘rtasida imtiyozli savdo to‘g‘risidagi bitim tasdiqlandi
      вчера в 23:05   Узбекистан
    Адылбек Касымалиев ознакомился с состоянием ряда медицинских учреждений в Иссык-Кульской области
      вчера в 15:10   Кыргызстан
    Студенты сельскохозяйственного колледжа ОшГУ встретились с работодателями
      вчера в 16:55   Кыргызстан
    В Бишкеке прошло масштабное мероприятие, посвященное Международному женскому дню
      вчера в 16:10   Кыргызстан
    Министр транспорта Таджикистана провел переговоры с представителями Всемирного банка
      вчера в 21:50   Таджикистан
    Huawei MWC Barcelona 2026 da sakkizta GLOMO mukofotini qo‘lga kiritdi
      вчера в 22:10   Узбекистан
    В Бишкеке прошло совещание по координации научно-образовательного сотрудничества в области исследований горных регионов
      сегодня в 11:10   Кыргызстан
    O‘zbekistonda 2025 yilda 252 nafar hokim yordamchisi korrupsiya bo‘yicha jinoiy javobgarlikka tortildi — Antikorrupsiya agentligi
      вчера в 22:30   Узбекистан
    В Хороге прошло выездное заседание Межведомственной комиссии по противодействию торговле людьми
      вчера в 22:00   Таджикистан