• 14 августа 2024 в 22:30
  • 0
  • 0

Kafolatlangan omonatlarning yuqori miqdorini 200 mln so‘mgacha cheklash taklif etilmoqda

Oliy Majlis Qonunchilik palatasining navbatdagi majlisida “Banklardagi omonatlarni himoyalash kafolatlari to‘g‘risida"gi qonun loyihasi birinchi o‘qishda qabul qilindi. Bu haqda Qonunchilik palatasi matbuot xizmati xabar bermoqda.

Mamlakatda omonatlarni kafolatlash tizimi bilan barcha banklar qamrab olinmagan. Ko‘plab jismoniy shaxslarga xizmat ko‘rsatuvchi Xalq banki omonatlarni kafolatlash tizimida ishtirok etmasdan, unga joylashtirilgan omonatlar davlat tomonidan kafolatlanadi. Bu esa moliya xizmatlari bozorida raqobat muhitiga salbiy ta’sir ko‘rsatayotgani qayd etildi.

Bundan tashqari, banklardagi omonatlar Fuqarolarning omonatlarini kafolatlash fondi tomonidan to‘liq hajmda kafolatlangani omonatchilar tomonidan bankning moliyaviy holati va faoliyat tavakkalchiligi bilan qiziqmasdan o‘z mablag‘larini yuqori foizli omonatlarga joylashtirilishiga sabab bo‘lmoqda.

Jahon banki tomonidan mamlakatdagi banklarning “Omonatlarni kafolatlashning samarali tizimi asosiy tamoyillari"ga muvofiqligi o‘rganilganda, 16ta asosiy tamoyildan 8tasi bo‘yicha qo‘yilgan maqsadlarga erishish mumkin emasligi yoki bunday maqsadlarga zid qoidalar mavjudligi aniqlangan.

Qonun loyihasida omonatlarni kafolatlash tizimini isloh qilish, uni ilg‘or xorijiy tajriba va xalqaro standartlarga muvofiqlashtirish ko‘zda tutilmoqda.

Iqtisodiy inqirozlarning salbiy oqibatlarini minimallashtirish maqsadida kafolatlangan omonat miqdorining yuqori chegarasi belgilanmoqda — 200 mln so‘m.

Mazkur miqdorni belgilashda omonatlarning amaldagi holati tahlil qilindi. U 99,7% omonatchilarning banklardagi mablag‘lari to‘liq kafolatlanishini ta’minlaydi.

Qonun tashabbuskorlari kafolatlangan omonat miqdorining cheklangani bilan banklar fuqaroviy javobgarlikdan ozod etilmasligini va ular omonatchilari oldida o‘zining mol-mulki bilan javobgar bo‘lishini qayd etishdi.

Bu esa omonatchilar mablag‘larining kafolatlangan hajmdan oshgan qismini ham bankdan talab qilish huquqiga ega ekanligini bildiradi.

Yana bir muhim masala — kafolatlangan omonat miqdorining yuqori chegarasi muayyan shaxsning faqat bitta bankdagi omonatiga tatbiq etiladi.

Bu shaxs bir vaqtning o‘zida bir nechta banklarda o‘z omonatlariga ega bo‘la turib, mazkur banklarning barchasi tugatilgan taqdirda ham qonun loyihasi bilan yaratilayotgan tizim barcha omonatlarni bir xilda kafolatlaydi.


По материалам: uzreport.news

Комментарии

Вам следует зарегистрироваться и войти в свой аккаунт, чтобы иметь возможность комментировать.

    Голосование
    Интересное
    В Бишкеке прошло мероприятие «Манастын урпактары — көчмөн оюндарында»
      вчера в 20:10   Кыргызстан
    Состоялось первое заседание Совета по демографической политике при Кабмине КР
      вчера в 20:55   Кыргызстан
    В Бохтаре состоится Международный инвестиционный форум «Хатлон Инвест – 2026»
      вчера в 21:50   Таджикистан
    Марлен Маматалиев принял около 100 граждан
      вчера в 21:40   Кыргызстан
    O'zbekistonda paxta dalalaridan 3,4 million tonna hosil yig‘ib olindi
      вчера в 22:10   Узбекистан
    Har besh daqiqada zo‘ravonlik oqibatida bir bola hayotdan ko‘z yummoqda — JSST
      вчера в 22:30   Узбекистан
    В Хороге обсудили доступ к экологическому правосудию
      вчера в 22:50   Таджикистан
    В Кулябе определились победители Республиканского чемпионата по борьбе на Кубок Президента Республики Таджикистан
      вчера в 23:00   Таджикистан
    Oʻzbekiston Prezidenti BMT Bosh Assambleyasining 81-sessiyasi Raisini qabul qildi
      вчера в 23:05   Узбекистан
    Таджикистан и Государство Кувейт обсудили состояние и перспективы двустороннего сотрудничества в правовой сфере
      вчера в 22:00   Таджикистан