• 11 мая 2024 в 23:05
  • 9
  • 0

Vazirlar Mahkamasining qarori bilan qonunchilik hujjatlari qisqartirilmoqda

Vazirlar Mahkamasining qarori bilan qonunchilik hujjatlari qisqartirilmoqda.

Qarorni qabul qilish zarurati:

Qonunchilik ma'lumotlari milliy bazasi Lex.uz da 14 mingdan ortiq amaldagi qonunchilik hujjatlari mavjud bo'lib, ularning deyarli 93 foizini qonunosti hujjatlari tashkil etadi;

Ma'lumot uchun: Yevropa davlatlarida qonunlarning salmog'i o'rtacha 25-30 foizni, shu jumladan, Germaniyada 30 foizni, Fransiyada 26 foizni, Avstraliyada 26 foizni Buyuk Britaniyada 23 foizni tashkil etadi.

- har yili o'rtacha 1,5 mingta qonunchilik hujjatlari qabul qilinib, ularning aksariyat qismini qonunosti hujjatlari tashkil etadi. Tahlillar shuni ko'rsatmoqdagi ularda, ayniqsa Hukumat qarorlarida, normativ-huquqiy tusga ega bo'lmagan vaqtinchalik (bir martalik) tashkiliy chora-tadbirlar nazarda tutiladi;

Ma'lumot uchun: 2017-2022 yillarda qabul qilingan 6 mingta yaxlit qonunchilik hujjatlarida belgilangan masalalar o'rganilganida, ularning 45 foizini huquqiy normalar, qolgan 55 foizini esa topshiriqlar, tavsiya va ma'lumot ko'rinishidagi boshqa masalalar tashkil etishi aniqlangan.

- shu bois norma ijodkorligi sohasida o'z ahamiyatini yo'qotgan qonunosti hujjatlarini bekor qilish doirasida “Tartibga solish gilotinasi” usuli qo'llanilib kelmoqda va ushbu yo'nalishda so'nggi 5 yilda 8 848 ta qonunosti hujjatlari bekor qilindi.

Ma'lumot uchun: O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 27 sentabrdagi PF–6075-son Farmoni bilan 498 ta hamda 2021 yil 30 apreldagi PF–6218-son Farmoni bilan 380 ta, Vazirlar Mahkamasining 2021 yil 22 fevraldagi 87-son qarori bilan 1 887 ta, 2022 yil 21 iyuldagi 396-son qarori bilan 422 ta, shuningdek, vazirlik va idoralarning buyruqlari bilan 1 322 ta, O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 3 fevraldagi PF–6155-son Farmoni ijrosi doirasida mahalliy davlat hokimiyati organlarining 4 339 ta eskirgan va o'z ahamiyatini yo'qotgan hujjatlar bekor qilindi.

Qarorda quyidagilar nazarda tutilmoqda:

O'zbekiston Respublikasi Hukumatining 493 ta (shundan 362 tasi yaxlit, 131 tasi o'zgartirish va qo'shimchalar) o'z ahamiyatini yo'qotgan qarorlarini o'z kuchini yo'qotgan deb topish.

Ma'lumot uchun: ushbu qarorlar vaqtinchalik (bir martalik) hamda tashkiliy chora-tadbirlarni (yillik rejalar, bayram kunlari va yubileylarni nishonlash) amalga oshirish bilan bog'liq hujjatlar hisoblanadi.


По материалам: uzreport.news

Комментарии

Вам следует зарегистрироваться и войти в свой аккаунт, чтобы иметь возможность комментировать.

    Голосование
    Интересное
    ТЭЦ Бишкека переходит в режим повышенной готовности
      вчера в 15:10   Кыргызстан
    Роберт Просинечки встретился с тренерами клубов Высшей Лиги Кыргызстана
      13 января 2026 в 07:10   Кыргызстан
    Таджикские спортсмены приняли участие в международном марафоне C&D Сямынь-2026
      13 января 2026 в 23:00   Таджикистан
    Медер Абакиров провел встречу с Послом США
      13 января 2026 в 17:40   Кыргызстан
    Сборная Бишкека принимает участие в Чемпионате КР по волейболу среди юношей и девушек U-17
      12 января 2026 в 19:10   Кыргызстан
    Воспитанники СДЮШОР Бишкека стали призерами на Международном турнире по настольному теннису
      13 января 2026 в 15:10   Кыргызстан
    Садыр Жапаров вручил ключи от ипотечного жилья на втором этапе возведения жилого комплекса «Мурас» в Бишкеке
      12 января 2026 в 17:40   Кыргызстан
    В ОшГУ прошло совещание, посвященное вопросу перехода к 12-летнему школьному образованию
      сегодня в 07:10   Кыргызстан
    Сюзане Пенджикента является символом национальной культуры и развития ремёсел таджикских женщин
      13 января 2026 в 13:55   Таджикистан
    «Таджикистан – Родина любимая моя». Кто не может принять участие в этом Республиканском конкурсе?
      вчера в 13:55   Таджикистан