• вчера в 23:05
  • 4
  • 0

Shavkat Mirziyoyev Oʻzbekiston – Oʻmon biznes forumining ochilish marosimida ishtirok etdi

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Oʻzbekiston – Oʻmon biznes forumining ochilish marosimida ishtirok etdi.

Tadbirda Oʻmon Sultonligi Bosh vaziri oʻrinbosari Zeyazin bin Haysam Ol Said, ikki mamlakat hukumatlari aʼzolari, yetakchi kompaniyalar, moliya institutlari va ishbilarmon doiralar vakillari qatnashdi.

Davlat rahbari oʻz nutqida Oʻmon Sultoni Haysam bin Toriq Ol Said bilan oʻtkazilgan oliy darajadagi muzokaralar va erishilgan kelishuvlar ikki tomonlama munosabatlarni sifat jihatidan yangi bosqichga olib chiqishiga ishonch bildirdi.

Joriy yilda oʻzaro savdo hajmi sezilarli oshgani, biroq mavjud iqtisodiy salohiyat hali toʻliq ishga solinmagani taʼkidlandi. Shu munosabat bilan yaqin istiqbolda tovar ayirboshlashni 1 milliard dollarga yetkazish maqsad qilib belgilangani qayd etildi.

Tashrif doirasida umumiy qiymati 5 milliard dollarlik aniq loyihalar portfeli shakllantirildi. Prezidentimiz eng muhimi kelishuvlar soni emas, balki ularning amaliy natijasi ekanini alohida taʼkidladi.

Shu maqsadda sanoat kooperatsiyasi, transport va logistika, zamonaviy shaharsozlik va turizm, mineral resurslarni oʻzlashtirish, shuningdek, moliya va raqamli texnologiyalar sohalari hamkorlikning beshta ustuvor yoʻnalishi sifatida taklif etildi.

Xususan, elektrotexnika sohasida Oʻmon kompaniyalari bilan kabel va transformator mahsulotlarini birgalikda ishlab chiqarish hamda ularni qoʻshni mamlakatlarga eksport qilish boʻyicha kelishuvlarga erishilgani qayd etildi.

Transport-logistika yoʻnalishida Oʻmonning dengiz portlari va Oʻzbekistonning Markaziy Osiyodagi strategik imkoniyatlarini birlashtirish muhimligi qayd etildi. Sohar shahrida logistika infratuzilmasini barpo etish, yagona savdo-logistika platformasini shakllantirish, shuningdek, aviaqatnovlarni koʻpaytirish va yuk tashish reyslarini yoʻlga qoʻyish taklif etildi.

Oʻmon investorlarining Yangi Toshkent loyihasidagi ishtiroki yuqori baholandi. Yangi shaharda barpo etiladigan “Masqat” mavzesi ikki xalq doʻstligining yorqin ramziga aylanishiga ishonch bildirildi.

Kimyo sanoati, geologiya-qidiruv ishlari va mineral resurslarni chuqur qayta ishlash sohalarida qoʻshma investitsiya loyihalari ishlab chiqilgani taʼkidlandi.

Moliya va raqamli texnologiyalar yoʻnalishidagi amaliy hamkorlik ham kengaymoqda. Jumladan, sunʼiy yoʻldoshlarni uchirish boʻyicha qoʻshma korxona tashkil etish ustida ish olib borilmoqda.

Prezident oʻmonlik ishbilarmonlarni Oʻzbekistondagi istiqbolli loyihalarda faol ishtirok etishga taklif etib, har bir investor uchun qulay va ishonchli muhit yaratish, qoʻshma tashabbuslarni amalga oshirishga har tomonlama koʻmaklashishga tayyorligini bildirdi.

Oʻz navbatida, Oʻmonda tadbirkorlik va xorijiy investitsiyalar uchun yaratilgan keng imkoniyatlar yuqori baholanib, oʻzbekistonlik kompaniyalar ushbu mamlakat bozoriga faol kirib borishga daʼvat etildi. Forum ikki mamlakat oʻrtasidagi iqtisodiy va investitsiyaviy sheriklikni yangi amaliy mazmun bilan boyitishga xizmat qilishiga ishonch bildirildi.


По материалам: uzreport.news

Комментарии

Вам следует зарегистрироваться и войти в свой аккаунт, чтобы иметь возможность комментировать.

    Голосование
    Интересное
    В Душанбе обсудили развитие и популяризацию богатейшего культурного наследия таджикского народа
      16 ноября 2026 в 13:55   Таджикистан
    В Челябинске у экс-сотрудницы налоговой службы изъяли имущество на 21 млн рублей
      сегодня в 14:15   Россия
    Respublika oliy sport mahorati maktablari negizida Olimpiya terma jamoalari markazi tashkil etiladi
      вчера в 17:50   Узбекистан
    Правкомиссия рассмотрит вопросы восстановления Крымского моста
      вчера в 14:15   Россия
    Депутаты ЖК КР приняли участие в работе форума «Женщина, семья - основа и опора нации»
      16 ноября 2026 в 11:10   Кыргызстан
    Путин поручил разработать меры помощи семьям с детьми при поездках на транспорте
      вчера в 11:05   Россия
    Семь человек погибли и четыре пострадали при атаках ВСУ на ЛНР за сутки
      сегодня в 19:40   Россия
    Садыр Жапаров ознакомился с социально-экономическим развитием Джети-Огузского и Тонского районов
      16 ноября 2026 в 09:40   Кыргызстан
    Мужчина погиб при ударе дрона по автомобилю в Белгородской области
      сегодня в 11:40   Россия
    ИИ что делать: сезон распродаж подстегнул волну фишинга
      сегодня в 10:15   Россия