• 25 апреля 2025 в 23:05
  • 17
  • 0

Gruziya sobiq bosh vaziri va hukmron partiya raisi Irakliy Garibashvili siyosatdan ketishini eʼlon qildi

Hukmron «Gruziya orzusi» partiyasi raisi Irakliy Garibashvili lavozimni tark etib, siyosatdan ketishini eʼlon qildi.

Men endi partiya raisi lavozimida va umuman siyosatda qolish zaruratini ko‘rmayapman, shuning uchun «Gruziya orzusi» raisligi va siyosatdan ketishga qaror qildim. Vatanimga boshqa pozitsiyadan xizmat qilishda davom etaman», — deydi Garibashvili.

Garibashvilining so‘zlariga ko‘ra, u xususiy sektorda ishlashda davom etadi, biroq tafsilotlarni oshkor qilmadi. Shuningdek, u partiya raisligi lavozimini kim egallashiga ham aniqlik kiritmagan. Shu bilan birga, Garibashvili siyosatga «Gruziya orzusi»ga muxolif sifatida qaytish ehtimolligini ham rad etib, «Bidzina Ivanishvili jamoasi va mamlakat uchun sodiq askarligicha qolishini» maʼlum qildi.

«Gruziya orzusi» partiyasi hokimiyat tepasiga kelganidan keyin Irakliy Garibashvili ikki marta mamlakat bosh vaziri lavozimini egallagan (2013-2015 yillar va 2021-2024 yillar), ichki ishlar vaziri (2012-2013) va mudofaa vaziri (2019-2021) bo‘lgan. 2024 yil fevraldan beri Garibashvili «Gruziya orzusi» raisi lavozimida faoliyat yuritib kelayotgandi.

«Gurjiston orzusi» partiyasi Gruziyani 2012 yildan beri boshqarib keladi, u muntazam ravishda rossiyaparast qarashlari va Kremlga yaqinligi uchun ayblanadi. 2024 yil oktyabrda partiya parlament saylovlarida g‘alaba qozongan. Muxolifat ovoz berish natijalarini tan olmagan.


По материалам: uzreport.news

Комментарии

Вам следует зарегистрироваться и войти в свой аккаунт, чтобы иметь возможность комментировать.

    Голосование
    Интересное
    Состоялась республиканская конференция «Президент – опора независимости и национальной государственности»
      вчера в 13:55   Таджикистан
    Вышел третий том книги «Выдающаяся личность, создавшая историю» академика Фархода Рахими
      14 ноября 2026 в 13:55   Таджикистан
    “Yangi O‘zbekiston Olimpiya cho‘qqilari” doirasida velosport musobaqalari o‘tkazib boriladi
      13 ноября 2026 в 17:50   Узбекистан
    Депутаты Жогорку Кенеша приняли участие в масштабной озеленительной акции
      вчера в 09:40   Кыргызстан
    Дела семейные: сын скандального адвоката Пашаева останется в СИЗО
      13 ноября 2026 в 14:15   Россия
    В Душанбе презентовали новые издания о созидательной политике Главы государства
      13 ноября 2026 в 22:50   Таджикистан
    Бишкек объединил депутатов местных кенешей на «Спартакиаде-2026»
      14 ноября 2026 в 11:10   Кыргызстан
    В Бишкеке прошли соревнования по тяжёлой атлетике
      13 ноября 2026 в 11:10   Кыргызстан
    Лутцший шанс: Трусова попытается выйти в финал Гран-при через Америку
      13 ноября 2026 в 09:35   Россия
    Садыр Жапаров принял министров строительства формата «Центральная Азия – Китай»
      13 ноября 2026 в 12:55   Кыргызстан