• 15 мая 2024 в 22:10
  • 0
  • 0

Xatarlarni baholash ishlarini davom ettirish zarur — XVJ O‘zbekiston bo‘yicha bayonatini e’lon qildi

Xalqaro valyuta jamg‘armasi (XVJ) kelishuvlarining IV moddasiga muvofiq joriy yilning 23-aprel — 7-may kunlari O‘zbekiston bilan 2024-yilgi maslahatlashuvlar doirasida Toshkentda o‘tkazilgan muhokamalar yakunlari bo‘yicha missiya rasmiy bayonot e’lon qildi.

Unda O‘zbekiston iqtisodiyotining o‘sish sur’ati yuqori darajada shakllanayotgani qayd etilgan. Kambag‘allik darajasining 2021-yildagi 17%dan 2023-yili 11%gacha pasayishiga real daromadlarning barqaror o‘sishi va 2020-yildan buyon olib borilayotgan ijtimoiy himoya tizimi ko‘lamini kengaytirish ishlari yordam berdi.

Mashina va uskunalar importining o‘sishi, pul o‘tkazmalari hajmining 2022-yilga nisbatan qisqarishi va tashqi qarzlar bo‘yicha foiz to‘lovlarining oshishi kabi omillar ta’sirlarining oltin eksportiga nisbatan yuqori bo‘lishi to‘lov balansining joriy operatsiyalar hisobi taqchilligining YaIMga nisbatan uch yil oldingi 3,5%dan o‘tgan yilda 8,6%gacha oshishiga sabab bo‘ldi.

Energetika, xususiylashtirish va davlat korxonalarini isloh qilish yo‘nalishidagi ishlar iqtisodiy rivojlanishni yaxshilashga yordam berdi. Ichki talabning barqaror o‘sishi hisobiga YaIM 2024-yilda 5,4%ni, 2025-yilda esa 5,5%ni tashkil etishi kutilmoqda.

Fiskal defitsitning qisqartirilishi, bank kreditlari o‘sishining muvozanatlashishi va importda 2023-yilda kuzatilgan vaqtinchalik omillarning kamayishi importning o‘sishini yaxshilab, joriy hisob defitsitini pasaytiradi

Energiya narxlarining oshirilishi ta’sirida joriy yil oxirida inflyatsiya biroz oshishiga qaramay, qat’iy makroiqtisodiy va makroprudensial siyosat hamda tarkibiy islohotlar fonida Markaziy bank prognoz qilgan darajagacha pasayadi.

Budjetni konsolidatsiya qilish davlat moliyasining barqarorligini ta’minlash va yaqin istiqbolda inflyatsion bosimni pasaytirish uchun zarur hisoblanadi. Ayni paytda aholining himoyaga muhtoj qatlamlarini qo‘llab-quvvatlash va oiqtisodiyot samaradorligini oshirish muhim hisoblanadi.

Budjet defitsitini iqtisodiy o‘sishga zarar yetkazmasdan pasaytirish ko‘zda tutilgan. Bu aholiga yordam berish, energiya subsidiyalarini kamaytirish, ijtimoiy xarajatlar va ijtimoiy himoya tizimi xarajatlarining manzilligini oshirish kabilar orqali amalga oshiriladi.

Rasmiylar budjetning daromad va xarajatlar qismi bilan bog‘liq xatarlar yuzaga kelsa, budjet defitsitini kamaytirish uchun qo‘shimcha choralar ko‘rishga tayyor bo‘lishi kerak.

XVJ QQS qo‘llashning samarali tizimini joriy etish, fiskal strategiyani va xatarlarni baholash ishlarini davom ettirish kerak deb hisoblaydi. DXSh loyihalari bo‘yicha kafolatlarning yuqori chegarasini belgilash tavsiya qilingan.

Pul-kredit siyosatida inflyatsiyani pasaytirishga ustuvor ahamiyat berishni davom ettirish lozim. Markaziy bank narxlar dinamikasini kuzatishi va inflyatsiyada barqaror pasayish kuzatilgungacha qat’iy pul-kredit siyosatini saqlab turishi kerak.

Davlat banklarini xususiylashtirish, direktiv kreditlash hajmlarini qisqartirish va banklararo pul bozori imkoniyatlarini oshirish moliyaviy vositachilik va mahalliy kapital bozorini rivojlantirishga yordam beradi.

Kredit miqdorining garov qiymatiga nisbati bo‘yicha ko‘rsatkichning oshirilishi va konsentratsiya cheklovlari o‘rnatilishi ipoteka kreditlari va avtokreditlarning o‘sish sur’atlarini sekinlashtirdi.

Davlat banklarining xususiylashtirilishini tezlashtirish raqobatni kuchaytiradi, teng faoliyat sharoitlarini yaratadi. Shuningdek, resurslarni samarali taqsimlab, moliyaviy xizmatlardan foydalanishni kengaytiradi.

Shuningdek, missiya davlat banklari tijorat asosida ishlaydigan tizim va boshqaruv tuzilmalariga ega bo‘lishi kerak deb hisoblaydi. Maqsadlariga erishmagan davlat banklarini xususiylashtirish uchun tayyorlash zarur.


По материалам: uzreport.news

Комментарии

Вам следует зарегистрироваться и войти в свой аккаунт, чтобы иметь возможность комментировать.

    Голосование
    Интересное
    В Кара-Балте прошел форум «Безопасности - 2025»
      вчера в 11:10   Кыргызстан
    Dam olish kunlari harorat asta-sekin pasaya boshlaydi
      04 июля 2025 в 17:50   Узбекистан
    Diyora Keldiyorova IJF Atletlar komissiyasi a’zoligiga saylandi
      05 июля 2025 в 17:50   Узбекистан
    В Национальной библиотеке для людей с ограниченными возможностями создан «Уголок книг в аудиоформате»
      05 июля 2025 в 13:55   Таджикистан
    O‘zbekiston va Pokiston yetakchilari oliy darajadagi kelishuvlarning amalga oshirilishini muhokama qildilar
      04 июля 2025 в 23:05   Узбекистан
    В пришкольных лагерях Бишкека прошли спортивные соревнования
      05 июля 2025 в 11:10   Кыргызстан
    Buxoro viloyatining sobiq hokimi 88 yoshida vafot etdi
      05 июля 2025 в 23:05   Узбекистан
    МВД КР усиливает меры по обеспечению тишины и порядка на дорогах
      сегодня в 07:10   Кыргызстан
    Таджикистан и Саудовский фонд развития подписали кредитное соглашение на 30 миллионов долларов
      04 июля 2025 в 21:50   Таджикистан
    В Москве состоялись межведомственные таджикско-российские консультации
      04 июля 2025 в 22:20   Таджикистан